Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish. Gid xizmati reja


Download 387.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana10.09.2023
Hajmi387.8 Kb.
#1675350
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
8-mavzu Xalqaro turizm bozori

Gidning o‘zini tutishi. Gid o‘zining xulqi, muomalasi bilan ekskursantlarga 
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ular esa o‘z navbatida quyidagilarga e’tibor beradilar: 
gidning birinchi marotaba avtobusga kirishi, guruh bilan salomlashishi, haydovchi 
bilan suhbati, mikrofonni ushlashi, qay ohangda muomala qilishi va h.k. 
Mahoratni takomillashtirish jarayonida gid yomon odatlardan holi bo‘lishi kerak: 
baland ovozda gapirish, haddan ziyod ishoralar ishlatish, suhbatdosh gapini 
bo‘lish, keskin ohangda gapirish, qo‘pollik, bashang kiyinish, bo‘yanish, soxta 
hissiyotlar, maqtanish ham o‘rinsizdir.
Gid bevosita muloqot zonasi xodimi hisoblanadi. Ekskursiya jarayonining 
birinchi daqiqalaridan boshlab u ekskursantlar bilan o‘zaro muloqotga kirishadi.
Ekskursiya xizmatlari muvaffaqqiyatining ko‘pgina qismi gid shaxsiyati va 
individualligiga xislatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik mahorat, muloyimlik
sabrlilik, nizoli vaziyatlarda o‘zini tuta olish kabi xislatlar ekskursiya guruhida 
sokin ishchan muhitni ta’minlaydi. Etiket qoidalaridan xabardor bo‘lishlik ham 
gid uchun muhimdir. Bu muammoga ekskursiya xodimlari katta e’tibor beradilar. 


Etiket – bu odamlarga nisbatan munosabatlarning tashqi namoyoni, xulq-atvorning 
belgilangan tartibidir. Bu tartiblarga atrofdagi odamlar bilan munosabat, jamoa 
joylaridagi xulqi, nutqsiz muloqot vositalari (ayollarga nisbatan hurmat, kattalarga 
hurmat, salomlashish odobi, stol atrofida va suhbatda o‘zini tutish qoidasi
mehmonlarga hurmat va h.k) kiradi.
Xulosa qilib aytganda, ekskursiya xizmatini tayyorlovchilar ekskursiya 
etiketi tushunchasini kiritsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bu turistik xizmatlarni
taqlim etish madaniyatining oshishiga olib keladi.
 
4. Gid faoliyatini tashkil etishning bosqichlari
Hozirgi zamon turizm sohasida gidlarning o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, xorijiy 
fuqarolar bilan ishlaganda gid o‘z davlatining vakili sifatida uni taqdim etadi. Gid 
marshrut davomida mehmonlarni kutib olishda o‘zini tutishi, do‘stona 
munosabati, hurmat bilan qarashi, ularda ushbu davlat va umuman jamiyat 
haqidagi tasavvurini shakllantiradi.
Gid nafaqat sayohat tashkil etuvchi turfirma vakili, balki, o‘z davlati 
salohiyatini reklama qiluvchi, mehmonlarga yangi ma’lumotlarni beruvchi va 
ma’lum harakatlarni (xarid qilish, odamlar bilan muloqot qilish, raqs tushishni 
o‘rgatish va sh.k.) amalga oshirishga yordam beruvchi shaxs hamdir. U 
koordinator sifatida barcha tadbirlar (ekskursiya – konsert – dam olish – 
ekskursiya ) va xizmatlar (militsiya – apteka – aloqa – transport ) zanjirini 
bog‘laydi. Baxtsiz hodisa ro‘y berganda gid birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni 
bilishi, turist (ekskursant) va mahalliy aholi o‘rtasida nizoli vaziyatlar yuzaga 
kelganda tinchlik hakami bo‘lishi, ekskursiya xizmati jarayonida esa notiq sifatida 
turistlar(ekskursantlar) diqqatini jalb qila olishi, eng asosiysi, tashkilotchi sifatida 
o‘z atrofida odamlarni jamlashtira olishi lozim. Tashkilotchilik qobiliyati 
bo‘lmagan gidning guruhi tarqalib, sayohat grafigidan chiqib ketishi, tadbirlarga 
(konsert, tushlik) kech qolishi va natijada butun bir rejalashtirilgan marshruti 
buzilishi mumkin. Shuning uchun, gid nafaqat xizmat ko‘rsatuvchi, balki, sayohat 


jarayonini boshqaruvchi menejer ham hisoblanadi. U turistlar (ekskursantlar) istak 
- xohishini o‘rgangan holda tadbirlar taktikasi va rejasini ishlab chiqadi. Turistlar 
istak va xohishlarini o‘rganishda ikkita muhim elementni ajratish kerak bo‘ladi:
Tashrif hududini turistlar (ekskursantlar) tomonidan o‘rganishi jarayoni; butun 
bir rejalashtirilgan dasturni samarali va mas‘uliyatli boshqarish.
Turist sayohat, ekskursiya jarayonida uni har jihatdan mas‘uliyatli, bilimli, 
ma’lumotlarni to‘g‘ri yetkazadigan, mushkul vaziyatlarni hal eta oladigan 
mutaxassis hamrohlik qiladi, deb ishonadi. Gid taqdim etayotgan hududining, 
ob’ektning flora va faunasi, tarixiy voqealari haqida maksimal axborotga ega 
bo‘lishi kerak.
Gid o‘z ishini boshlashidan avval qatnashuvchilar tarkibi, segmentini 
inobatga olsa, o‘z harakatlari dasturini tuzishi osonlashadi. Faoliyati 
yo‘nalishlariga qarab gidlar har xil turlarga bo‘linadi:

Download 387.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling