Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish. Gid xizmati reja


Tarixiy joylar va yodgorliklar bo‘yicha gidlar


Download 387.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana10.09.2023
Hajmi387.8 Kb.
#1675350
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
8-mavzu Xalqaro turizm bozori

Tarixiy joylar va yodgorliklar bo‘yicha gidlar. Turistlar (ekskursantlar) 
qiziqishini uyg‘otuvchi me’moriy, madaniy ob’ektlar, qadimiy xarobalar
inshootlar saqlanib qolgan shaharlarda faoliyat ko‘rsatuvchi gidlar. 
O‘zbekistonning Samarqand, Xiva, Buxoro, Qo‘qon, Shahrisabz kabi shaharlarida 
ushbu yo‘nalishlarda gidlar ekskursantlarni qiziqarli ob’ektlarga olib boradilar.
Bu toifadagi gidlar:
• mintaqa tarixi, mahalliy aholi urf – odati, yashash tarzini bilishi;
• bino yoki inshootlarning bunyod etilishi tarixi, uning o‘ziga xosligi, 
me’moriy uslubi va ornament uslubi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi;
• dalillarga tayanishi va ularni ob’ektlar bilan bog‘lashi;
• turistlar (ekskursantlar) qiziqishini uyg‘otuvchi rivoyat va tarixiy 
ma’lumotlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Aniq isbotlarga ega bo‘lmasdan tarixiy voqealarni buzish yoki haddan ziyod 
foydalanish noto‘g‘ridir. Jarayon shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, gid barcha 
rejalashtirilgan asosiy ob’ektlarni ko‘rsatib hikoya qilishi, dasturga rioya qilishi 
zarur.


Muzeylar bo‘yicha gidlar. Bu toifadagi gidlar tor mutaxassisligi bilan 
farqlanadi. Ular odatda bitta muzey haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar 
(masalan, kartinalar, liboslar, milliy taomlar va shu kabilar). Turistlar 
(ekskursantlar) ma’lumotlarni oson qabul qilib olishi uchun gid ularni 
segmentlarga ajratadi va imkon qadar har birining axborotga bo‘lgan talabini ham 
hajman va ham mazmunan qondirishga, bilimlarini yangilab borishga harakat 
qiladi.
Maxsus turlar bo‘yicha gidlar boshqa gidlardan tanishtirilayotgan sohaning 
mutaxassisi ekanligi bilan farqlanadi. Ko‘pincha ular o‘z hamkasblari yoki shu 
sohaga qiziquvchilar bilan ishlaydi (ornitologiya, botanika, etnografiya
gastronomiya va sh. k.). Maxsus tur gidlari o‘z sohasi bo‘yicha keng axborotga 
ega bo‘lib, mustaqil tadqiqotlar o‘tkazib, noyob ma’lumotlar topib sohaning 
ustasiga aylanganlar.
Maxsus tur gidlari o‘z ishini tashkil etishda (tabiat parklari, 
qo‘riqxonalarda) quyidagilarni inobatga olishi maqsadlidir:
• ob’ektni ko‘rsatishni ma’lum vaqt bilan chegaralanganligini inobatga
olishi;
• u yoki bu zonalarga kirish imkoniyatining mavjudligi;
• flora va fauna haqidagi ma’lumotlarga ekskursantlar ehtiyojining 
borligi;
• ekskursantlarning o‘zini tutish qoidalari, shaxsiy xavfsizlikka rioya 
qilishi va sh.k.
O‘zbekistonda boshqa mutaxassislar ham ma’lum malakani talab qiluvchi 
gid xizmatini taklif etadilar. Masalan, tog‘larda ekskursiyalar tashkil qiluvchi - 
alpinistlar, daryo bo‘ylab - raftingistlar, g‘orlarda - speleologlar, o‘rmonlarda – 
ovchilar. Odatda ular ham ushbu sohalardan ma’lum bilim va ko‘nikmaga ega 
bo‘lgan guruh bilan ishlaydilar.
Gid quyida keltirilgan talablarga javob bersa bundan turfirmaga, turistlarga, 
mahalliy aholiga va gidning o‘ziga ham foyda bo‘ladi. Aks holda, 
turistlar(ekskursantlar) tomonidan sifatsiz ko‘rsatilgan xizmat borasida shikoyatlar 


kelib tushishi va natijada turfirma mas’uliyatsiz giddan voz kechishi mumkin. 
Bunday holatda turoperatorning ham gidning ham obro‘siga putur yetadi.
Gid xizmatlarning sifatini belgilab beruvchi asosiy xususiyatlarini bilishi 
shart:
Birinchi, ishonchlilik, ya’ni va’da qilingan xizmatlarni to‘g‘ri va 
kamchiliklarsiz bajarish. Turist(ekskursant) gidga dasturda ko‘rsatilgan biror 
xizmat bajarilmay qolganligi yoki o‘z vaqtida bajarilmaganligi to‘g‘risida doimo 
eslatmasligi kerak.
3.2-jadval Gidga qo‘yiladigan talablar

Download 387.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling