Marshrutda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar turli
vaziyatlarga duch kelishi
mumkinkim, gid ularning vazifasini quyidagicha tashkillashtirishi kerak:
✓
turistlarning
(ekskursantlarning)
maxsus
uskunalari
va
yuklarini taxlash;
✓
hayvonlarni parvarishlash;
✓
yuk tashuvchilarni boshqarish;
✓
oshxona xodimlarini boshqarish;
✓
turli ruxsat olish rasmiyatchiliklaridan o‘tish (marshrutni
chegarachilar, qutqaruvchilar bilan kelishib olish).
3.
Gidning dastlabki ishlari. Gid o‘zi uchun
sayohatning barcha
masalalariga oydinlik kiritadi, ya’ni bundan oldin o‘tkazilgan
turlar natijasini
tahlil qiladi, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashtiradi, o‘z takliflarini kiritadi,
muammolarni prognozlab, ularni bartaraf etish mexanizmini ishlab chiqadi. Keyin
turistlar (ekskursantlar) ro‘yxatini o‘rganadi (xohishlari, sog‘lig‘i, yoshi va sh.k),
tarqatma materiallarni taxlaydi (dastur, sxema, tur marshruti)
va brifing
o‘tkazadi(sayohatning turli bosqichlari natijalari haqida ma’lumot beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: