Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish. Gid xizmati reja


Ikkinchi, mas’uliyatlilik


Download 387.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana10.09.2023
Hajmi387.8 Kb.
#1675350
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
8-mavzu Xalqaro turizm bozori

  
Ikkinchi, mas’uliyatlilik, ya’ni turistga (ekskursantga) yordam berish istagi 
va zaruriy servisni taqdim etish. Agar turist (ekskursant) gidga biror iltimos bilan 
murojaat qilsa, uni qisqa muddatda hal qilib berish (imkon qadar birovlarga 
yuklamasdan) zarur.
Uchinchi, jonkuyarlik, ya’ni g‘amxo‘rlikni namoyon etish, har bir turistga 
(ekskursantga) individual yondashish. Shunday holatlar bo‘lishi mumkinki, biror 
sababga ko‘ra turist (ekskursant) xizmatlardan salbiy taassurot oladi. Gid darhol 
uni tushunishga harakat qilib, vaziyatni o‘zgartirish bo‘yicha chora ko‘rishi kerak.
To‘rtinchi, moddiylik, ya’ni xizmatlarni taklif etish jarayonida 
qo‘llaniladigan asbob-uskuna, texnologiya, xodimlar, zaruriy vositalarni bilishi. 
Masalan, toqqa chiqishda gid maxsus asbob-uskunalardan foydalanishni ko‘rsata 
olishi kerak.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, gid nafaqat guruhli yoki yakka turistga 
hamrohlik qiluvchi shaxs, balki menejment masalalarini talab qiluvchi xizmat 
ko‘rsatish standartlariga ega bo‘lgan yaxlit tizimdir. Gidning asosiy vazifasi 
shartnoma va ekskursiya dasturida kiritilgan xizmatlarni mijozlarga taqdim etish 
bo‘lib, bu yerda dastlabki tayyorgarlik ishlarisiz bo‘lmaydi.
Gid faoliyatidagi tashkiliy ishlar bir necha bosqichdan iborat.


1. Turistlar uchun tur dasturini tuzish. Odatda turistik dasturni yaratish 
bilan turfirma turoperatorlari shug‘ullanadi, lekin ekskursiyaning o‘ziga xos 
jihatlari, vaqti, marshrutini aniqlashtirish gidning mas’uliyatidir. Hozirda ba’zi 
turistik firmalar yangi ekskursiya marshrutini tuzishni gidlarning o‘ziga topshiradi, 
firma esa ushbu marshrutlar uchun O‘zstandart va «O‘zbekturizm» MK dan 
sertifikat oladi. Ba’zida gidlar yakka tadbirkor sifatida ushbu faoliyat bilan 
shug‘ullanish uchun patent, sertifikatga ega bo‘ladilar va turistlarga 
(ekskursantlarga) hamrohlik qiladilar.  
Turni kim shakllantirishidan qat’iy nazar (firma yoki gid), unga talab
mavjud bo‘lishi, sifatli bo‘lishi, standartlarga javob berishi va aniq iste’molchilar 
kategoriyasiga (katta yosh, yoshlar, sportchilar, oilalilar va sh.k) yo‘naltirilgan 
bo‘lishi lozim. Shuning uchun, qulay dasturni tuzish gidning birinchi va asosiy 
vazifasidir.
Eng avvalo, boshqa o‘xshash marshrutlardan farqlash oson bo‘lishi uchun 
tur kodlashtiriladi. Masalan, Ch T-1 (Trekking #1 in Chimgan- bu Chimyonda 
piyoda sayr degani). Keyin turga jarangdor, qiziqarli, e’tiborni jalb qiluvchi qisqa 
nom beriladi (masalan, «Uyqudagi malika tomon yo‘l»).
Dastur 
ko‘rinishi 
va 
qaysi 
toifa 
turistlarga 
(ekskursantlarga) 
yo‘naltirilganligiga ham aniqlik kiritish kerak. Tur aralash, ya’ni 
kombinatsiyalashgan (avtomobilda, piyoda, otda) yoki monoformatli (alpinizm 
yoki rafting) bo‘lishi ya’ni turistlarga tanlash imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak.
Marshrutning mavsumiyligiga ham e’tibor qaratish lozim.
Dasturning davomiyligi kun\tunash yoki soatlarda ko‘rsatiladi. Turga tashrif 
buyurgan kundan toki qaytgunga qadar izoh beriladi. Joyni tasvirlash, marshrut 
bo‘yicha harakatlanish sxemasi, cho‘qqilar balandligi, harakatlanish davomiyligi, 
to‘xtash joylari kabi ma’lumotlarni keltirish tavsiya etiladi.
Dasturga qatnashish imkoniyati qanday sharoitlarda mumkinligi to‘g‘risida 
turist (ekskursant) ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Masalan, tabiiy iqlimiy 
sharoitlar (qor ko‘chish xavfi, sel kelish xavfi bo‘lganda sayohatni amalga oshirish 


xavfli), siyosiy (tog‘larda harbiy to‘qnashuvlar), texnik (aloqa, qutqaruv 
komandasi, vertolyot, avtomashinaning mavjudligi), iqtisodiy (qulay narxlar, 
yaxshi infratuzilma) va sh.k.
Sayohatni tashkil etishda turist (ekskursant) o‘zi bilan nimalarni olishi 
mumkin yoki mumkinmasligini tushuntirish kerak (masalan: primus, fonar va sh.k. 
zaruriy narsalar). Ba’zida turfirmalarda zaruriy inventarlar soni kam miqdorda 
bo‘lganda, turistlar o‘zi bilan olib kelishi yoki ijaraga olishi mumkin. Dasturda 
marshrutdagi tur narxiga kiritilgan yoki alohida to‘lanadigan servis borasida ham 
axborot beriladi(ovqatlantirish, hojatxona, o‘z tilida tarjimon, rasmga tushirish va 
sh.k).
Agar gidga tayyor dastur berilsa, u ushbu dastur bilan puxta tanishib 
chiqishi, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashi, ba’zi masalalarga aniqliklar 
kiritishi zarur. Bu ko‘pgina tushunmovchiliklarni oldini olishi mumkin(masalan: 
otlar ma’lum bir hududga borgandan keyin berilishi, cho‘milish yo‘lda 
uchraydigan daryolarda emas, ko‘lda rejalashtirilganligi va sh.k).

Download 387.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling