Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish. Gid xizmati reja


Download 387.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana10.09.2023
Hajmi387.8 Kb.
#1675350
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
8-mavzu Xalqaro turizm bozori

4. 
Turistlarni 
(ekskursantlarni) 
kutib 
olish. 
Turistlarni 
(ekskursantlarni) kutib olish turli joylarda – aeroportda, mehmonxonada, 
posyolkada bo‘lishi mumkin. Shuning uchun gid quyidagilarga rioya qilishi kerak 
bo‘ladi:
-belgilangan joyda turistlarni (ekskursantlarni) transport olib kelsa gid u 
yerda o‘z vaqtida borishi kerak. Bu gidga bo‘lgan hurmatni oshiradi;
-e’tiborli bo‘lgan holda barcha turistlarni (ekskursantlarni) ko‘zdan 
kechirishi, kechikkanlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak;  
-turistlarni (ekskursantlarga) hurmat qilgan holda, ularga avtobusga 
kirishiga yordam qilishi, savollarga javob berishi kerak.
Aeroport va vokzallardan kutib olishda gid firmaning nomi yozilgan 
tablichka bilan chiqishi, rasmi va ismi-sharifi yozilgan beyjik taqishi kerak. U har 
bir turist bilan tanishib, yukni qayerda joylash, hujjatlarni saqlash, valyuta 
ayriboshlash, suvenirlar, kitoblar, xarita sotib olish mumkinligini maslahat beradi.


Shuningdek, dasturda ro‘y bergan o‘zgarishlar borasida axborot beradi, turning har 
bir kunini detallarigacha muhokama qiladi. Barcha zaruriy narsalar olinganligiga 
ishonch hosil qiladi, aks holda inventarlarni ijaraga olib harakatlanishning o‘z 
vaqtida bo‘lishini ta’minlaydi.
Agar dasturda birinchi kunda kechki ovqat nazarda tutilmagan bo‘lsa, gid 
turistlar qayerda ovqatlanishi mumkinligini tavsiya beradi. Turistlardagi 
kasalliklar, ayniqsa, surunkali kasalliklarni aniqlashtirib olishi lozimki, ular 
sayohat davomida qo‘zg‘alishi mumkin. Shuning uchun, barcha zaruriy dorilar 
bilan to‘ldirilgan aptechkani o‘zi bilan olishni unutmasligi kerak. Qimmatbaho 
narsalar (pul, hujjatlar, texnika) va sayohatdagi xavfsizlikka (kriminal, baxtsiz 
hodisalar) alohida e’tibor qaratadi.
Ba’zida turistlar nomerdan o‘z uylariga qo‘ng‘iroq qilishadi yoki mini 
bardan spirtli ichimliklarni olishadi. Bunday xizmatlar turga kiritilmaganligi va u 
uchun alohida to‘lovni amalga oshirish kerakligini gid tushuntirishi lozim. 
Turistlar bir birlarini kutib qolmasliklari uchun ularga bir xil vaqtni e’lon qilishi 
kerak.
O‘zbekiston Respublikasi standartlariga ko‘ra 10 nafardan iborat, o‘rganish, 
dam olish, ekskursiya maqsadida kelgan sayohatchilar turistik guruh hisoblanadi.
Cho‘qqilar va qoyalarga chiqish, tog‘larda, sahroda sayohat qilish, daryolarda 
suzib o‘tish, speleologiya va shu kabi maxsus turlardagi marshrutlarni 
yoqtiruvchilarga 4 nafar, ovchilar 2 nafar bo‘lganda turistik guruh hisoblanadi.

Download 387.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling