Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish. Gid xizmati reja


Turni amalga oshirishning tashkiliy va boshqaruv masalalari


Download 387.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana10.09.2023
Hajmi387.8 Kb.
#1675350
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
8-mavzu Xalqaro turizm bozori

5. Turni amalga oshirishning tashkiliy va boshqaruv masalalari. Bu 
jarayondan turistlar gidning malakasiga, xizmatlar, harajatlar qay darajada 
ishonchni oqlaganiga baho beradilar. Marshrut jarayonida gid ob’ektlar haqida 
ilhomlanib, g‘ururlanib hikoya qilishi kerak. Quruq yodlab olingan ilmiy matnni 
o‘qish ma’ruza qilayotganga o‘xshaydi. Gid o‘zining ruhiy kechinmalaridan kelib 
chiqib, faktlarni tushunarli tilda hikoya qilsagina ekskursantlarda qiziqish 
uyg‘onadi.


Turni tashkil etish kundalik brifing o‘tkazishni talab etadi, ya’ni gid turistlar 
bilan guruhdagi vaziyatni, mahalliy aholi bilan o‘zaro munosabatni, servis va 
taassurotlarni muhokama qilishi, yuzaga kelgan muammoni aniqlab, birgalikda 
yechimini topishi kerak. Odatda ikki marotaba brifing o‘tkaziladi:

ertalabki, nonushtadan keyin, unda gid guruhni oldinda kutayotgan 
hodisalar, xavfsizlik choralari, yo‘ldagi sanitar to‘xtash joylari, marshrutda o‘zini 
tutish qoidalari haqida qisqacha eslatib o‘tadi;

kechki, ovqatdan keyin, unda kunning natijalari umumlashtiriladi
zaruriy holatlarda o‘zgartirishlar kiritiladi, hudud to‘g‘risida qo‘shimcha 
ma’lumotlar beriladi(o‘lka tarixi, etnografiyasi, flora va faunasi).
Turistlar (ekskursantlar) bilan ishlaganda gid qat’iyatli bo‘lishi, kerak 
bo‘lganda rad javobini ham bera olishi lozim. U odamlarni bir jamoa bo‘lib 
ishlashga yo‘naltirishi, muammo tug‘ilganda ular bilan alohida gaplashib olishi
nizo chiqarmasligi kerak.
Gid har doim guruhning barcha a’zolariga bir xil munosabatda bo‘lib, 
barchani suhbatga chorlashi, o‘zini ko‘rsata olgan norasmiy liderlar bilan 
hamkorlikda ishlashi maqsadlidir. Eng asosiysi turistlarni (ekskursantlar) milliy 
hunarmandchilik, an’analar va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga chorlashdir. Ular 
usta-hunarmandlarimiz yasagan suvenirlarni bajonidil harid qilishadi.

Download 387.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling