Xalqaro turizmda xizmat ko`rsatish madaniyati. Xalqaro turizmda madaniyatning odob-axloqqa ta`siri. Xalqaro turizmda inson xulqi: uning tabiati va asosiy tariflovchi omillari Reja
Rivojlantirish va turizm faoliyatining iqtisodiy foydaliligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish
Download 71.5 Kb.
|
Xalqaro turizmda xizmat ko`rsatish madaniyati. Xalqaro turizmda madaniyatning odob-axloqqa ta`siri.
2. Rivojlantirish va turizm faoliyatining iqtisodiy foydaliligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirishIqtisodiy foydalarni oshirishning eng muhim omili, turizm tuzilmalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni yaratish va doimiy mustahkamlash hisoblanadi. Bu quyidagilarga imkon beradi: turizmda import hajmini qisqartirish; mahalliy aholining bandligi va turizmdan tushadigan daromadlarni oshirish; mahalliy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish; turizm korxonalarining mahalliy tovarlar va qurilish hamda ta’mirlash ishlari uchun materiallardan ko‘proq foydalanishini rag‘batlantirish (yoki shart qilib qo‘yish); mahalliy mehmonxonalar va boshqa infrastruktura ob’ektlaridan foydalanish. Turizmdan tushadigan foydani ko‘paytirish uchun o‘z ob’ektlari va xizmatlaridan foydalanishni har tomonlama rag‘batlantirish zarur. Bu masalani hal qilishning yo‘llari quyidagilardir: investitsiyaviy rag‘batlantirish; aktsiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalarini, jumladan xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda yaratish; turizmning eng ustuvor shakllari va turlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; dastlab chet elliklar egalik qilayotgan bosqichda kapital to‘plab bo‘lganidan so‘ng, mahalliy tadbirkorlarning bu korxonalarni sotib olish sharti bilan ularga xorijliklar egalik qilishiga yo‘l qo‘yib berish. Turizmning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida rejalashtirish jarayonida yirik mehmonxonalarni millatlararo mehmonxonalar kompaniyalari boshqaruviga berishni nazarda tutish kerak. Bu daromadning bir qismidan voz kechishga olib kelishi mumkin, lekin yuqori malakali boshqaruv, xalqaro marketing, joylarni bronlashtirishni ta’minlaydi. Xalqaro menejmentga yo‘l qo‘yish to‘g‘risidagi qaror mamlakat, mintaqa zonaning konkret shart-sharoitlaridan kelib chiqib qabul qilinadi. Bunda, albatta, mahalliy firmalar tomonidan xorijiy turistik guruhlarni qabul qilish, ularga chet ellik turistik operatorlar tomonidan xizmat ko‘rsatish imkoniyatini cheklash talab qilinadi. Mutahassislari xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lgan turistik firmalarga, shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokida tuzilgan firmalarga litsenziyalar faqat «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi tomonidan beriladi. Turizm sohasida mahalliy bandlikni rag‘batlantirish zarur. Bunda mahalliy aholi o‘rtasida turizm sohasidagi faoliyat hurmatgah sazovr ekanligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borish kerak. Shuningdek, mahalliy aholi orasidan turistik korxonalarni boshqarishning o‘rta va katta bo‘g‘inlari rahbarlarini ham tayyorlab borish kerak. Xorijiy rahbar xodimlarni mahalliy xodimlar bilan almashtirishni iloji boricha bosqichma-bosqich, uzoqroq istiqbolni ko‘zlab rejalashtirgan ma’qul. Turizmning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi boshqa metodlar ham qo‘llaniladi: mahaliy san’at namunalari va xalq hunamrmandchiligi buyumlarini sotib olish uchun kengroq imkoniyatlar yaratish; ko‘ngilochar tomoshalar va boshqa tadbirlar tarmog‘ini kengaytirish (ular tufayli turistlar ushbu yerlarda bo‘lish muddatini uzaytirishni xohlab qolishlari mumkin). Shunday qilib, turistik sohani rivojlantirish va u faoliyat ko‘rsatishining iqtisodiy foydaliligini tijorat, byudjet va xalq xo‘jaligi kabi o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlarning tizimi bilan tavsiflash mumkin. Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling