Xalqaro yoshlar kuniga bag'ishlangan "Mening Barqaror Rivojlanish Maqsadlarim (brmlarim)" video tanlovi
Download 54 Kb.
|
2 5422403224881600981
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Tanlov 2 bosqichda otkaziladi
Xalqaro yoshlar kuniga bag'ishlangan "Mening Barqaror Rivojlanish Maqsadlarim (BRMlarim)" video tanlovi. 1. Umumiy qoidalar 1.1 Ushbu “Mening BRMlarim” (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi) umumiy mavzusidagi videoroliklar onlayn tanlovini o‘tkazish bo‘yicha Konsepsiyaning maqsad va vazifalarini, tanlov tashkilotchilari va ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini, shartlari, vazifa va bosqichlarini belgilaydi. 1.2 Tanlovga umumiy rahbarlik BMT agentliklari, jumladan, UNFPA, UNESCO, UNICEF, UNODC, O'zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi komagida amalga oshiriladi.. 1.3. Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari tanlovni ma’lumot bilan ta'minlaydi va videoroliklarning texnik talablarga muvofiqligi asosida tekshiradi. 1.4. Video tanlovining hay’at a’zolari (keyingi o‘rinlarda Ekspertlar deb yuritiladi) bloggerlar, jurnalistlar, jamoat arboblari va ishtirokchilarning videolarini baholashda ishtirok etuvchi fikr yetakchilari bo‘lib, tanlov hakamlar hay’ati a’zolari bo‘ladi. 1.5. Tanlov 2 bosqichda o'tkaziladi: 1-bosqich: Hakamlar hay’ati tomonidan saralash 2-bosqich: Telegram kanalida ochiq ovoz berish. 1.6. O’tkazish shakli: masofaviy. 2. Tanlovning maqsadi va vazifalari 2.1. Tanlovning maqsadi Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan muammolar va yoshlar tomonidan taklif etilayotgan va qoʻllanilayotgan innovatsion yechimlarga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish, shuningdek, yoshlarni xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga undash va ularning fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga qaratilgan imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. 2.2. Tanlov maqsadlari va vazifalari: – yoshlarning Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilimlarini oshirish; - yoshlarga ijtimoiy ahamiyatga doir muammolar bo'yicha o'z qarashlarini baham ko'rish imkoniyatini berish; – keng jamoatchilik, siyosatchilar va qaror qabul qiluvchilar uchun sharoit yaratish, ijtimoiy muammolar va ularni hal etish yo‘llarini yoshlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish; – Yoshlar kuni arafasida tomoshabinlarni jalb qilish va BMT agentliklari faoliyati bilan tanishtirish. - yoshlarni rag‘batlantirish amaliyotiga yangi texnologiyalarni joriy etish; Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling