Xalqaro yoshlar kuniga bag'ishlangan "Mening Barqaror Rivojlanish Maqsadlarim (brmlarim)" video tanlovi


Download 54 Kb.
bet2/4
Sana06.02.2023
Hajmi54 Kb.
#1169746
1   2   3   4
Bog'liq
2 5422403224881600981

3. Tanlov ishtirokchilari
3.1. 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar.
3.2. Tanlovda faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi ishtirokchilar qatnashishlari mumkin.
3.3. Individual va jamoaviy ishtirok etishga ruxsat beriladi. Jamoa 3-5 kishidan iborat bo'lishi mumkin.
3.4. Tanlovda belgilangan muddatlarda taqdim etilgan tanlovli video ishlar ishtirok etishga ruxsat etiladi.
3.5. Belgilangan muddatda video ishlarini yubormagan ishtirokchilar Tanlovda qatnashishi mumkin emas.
3.6. Tanlovda qizlar, nogironligi bor yoshlar, chekka hududlar va qishloqlardan kelgan ishtirokchilarning ishtirok etishi tavsiya etiladi.
4. Tanlov ishtirokchilarining videomateriallariga qo'yiladigan talablar

4.1. Tanlovda ishtirok etish uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida quyidagi mavzulardagi tadbirlar yoki taklif etilayotgan yechimlarni o‘z ichiga olgan videorolikni yuborish kerak:


• Maqsad 3: Sog'lik va farovonlik:
Tavsiya etiladigan mavzular: 1)Reproduktiv salomatlik (“Reproduktiv salomatligim nima uchun muhim?”, “Men oilamni rejalashtiraman”, “Sog‘lom turmush tarzim bo‘lajak oilam uchun”, “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “OIV infeksiyasining oldini olish”, “OIV bilan yashaydigan odamlarga nisbatan stigma va kamsitishning oldini olish” va reproduktiv salomatlik bilan bog'liq boshqa mavzular).

2) Giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga YO'Q deyman! (Giyohvand moddalarni suiiste'mol qilishning oldini olish va davolash, shu jumladan giyohvandlik va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish zarari)


• Maqsad 4: Sifatli ta'lim; Maqsad 8: Munosib mehnat va iqtisodiy o'sish.
Tavsiya etilgan mavzular:
1) Professional ta’lim - orzuingizdagi ishga joylashish kalitidir!
(Professional ta’lim muassasa bitiruvchilari egallagan ko‘nikmalari ularning ishida qanday yordam bergani haqidagi video).
2) Malakali mutaxassislar va professorlar jamiyati – mamlakat gullab-yashnashining garovidir (bandlik, munosib mehnat va tadbirkorlik uchun tegishli ko‘nikmalar, shu jumladan texnik va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlar va kattalar sonini qanday ko‘paytirish).
4.3. Tanlov ishi muallifga tegishli bo'lishi kerak, ilgari Internetda e'lon qilingan, ishtirokchilar tomonidan yaratilmagan ishlar ruxsat etilmaydi.
4.4. Videoni suratga olish va tahrirlashda quyidagi talablarni hisobga olgan holda maxsus dastur va vositalar, turli effektlar, musiqalardan foydalanishga ruxsat beriladi:

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling