Xalqimizda "til bilgan el bilar", "tilga e’tibor-elga e’tibor", degan maqollar bor. Bu bejizgamas, albatta
Download 12.5 Kb.
|
til bilgan el biladi
Ma’lumki, til – bu xalq madaniyatini tushunishda ramziy boshqaruvchi, leksika esa uning madaniyatining his-tuyg`ularga boy ifodasi, inson ma’naviyatining eng buyuk mahsuli hamda ma’lum bir fikrni ifoda etuvchi vositadir, qolaversa, til madaniyat tashuvchisi bo’lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Yosh avlod ona tili barobarida ajdodlarning boy madaniy tajribasini ham o’zlashtiradi, jamiyatda yuz berayotgan barcha o’zgarishlar tilda o’z aksini topadi. Bugun jadallik bilan rivojlanib borayotgan jamiyatda esa til bilishning ahamiyati beqiyos bo’lib, Yangi O’zbekistonimiz, uchinchi Renessans poydevorini mustahkam qurishda ilm-fan taraqqiyoti negizida tillarni o’rganish, globallashuv sharoitida yangiliklaridan bir xil xabardor bo’lish hamda ularni tahlil va tadqiq qilishda turli tillarni ilmiy nuqtai nazardan o’rganish, ularni ona tilimiz bilan qiyoslash, qo’lga kiritilgan natijalarni asoslash davlat tilining mavqe’ini oshirishga xizmat qiladi. Xalqimizda “til bilgan el bilar”, “tilga e’tibor-elga e’tibor”, degan maqollar bor. Bu bejizgamas, albatta. Dunyodagi qaysi bir xalqni olmaylik, uning jahondagi o’z o’rni va mavqei, milliyligi va tarixiy rivojlanishi mavjud. Xalqning madaniy – ma’naviy boyligi, aql idroki va tafakkuri, ilmiy, tarixiy madaniy boyliklari uning tilida o’z ifodasini topadi. G`urur-iftixorimiz timsoli bo’lgan Vatanni eng buyuk, eng aziz qadriyat deb bilish, yosh avlod qalbida ona-yurt tuprog`ini ko’zga to’tiyo qilib yashashga o’rgatish, shukronalikni doimo dildan his qilib o’z ona tilida baralla aytishda hikmat ko’pdir, bu esa jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallayotgan Yangi O’zbekistonning davr bilan hamnafas bo’lishi, shuningdek, raqamli iqtisodiyotning o’sishida o’z ta’sirini ko’rsatadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng islohotlar, amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga erkin va faol kirib borishida hamda davlatlararo xalqaro hamkorlik aloqalarining tobora kengayishida turli xalqlarning tillariga hurmat o’z navbatida o’zaro tushunish zamirida qator muloqotlarga keng imkoniyatlar ochadi. Chunki bir til boshqa tillardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Har qanday tilni xalq yaratadi, o’sha xalqning madaniyati esa miliy tilida aks etadi va asrlar osha til lug`at boyligi ortib boraveradi. Inson tillarni bilishi sharofati bilan fikrlarini bayon qilishi, barcha ma’lumotlarga ega bo’lishi, katta-katta loyihalar yaratishi, ilm-fanda yangilik va ixtirolarni olib kirishi, turli-tuman tadqiqot ishlarini olib borishi orqali har qanday tilni tashqi va ichki manbalar hisobiga boyib, rivojlanib borishi uchun zamin yaratadi, qolaversa, mamlakatimizning milliy taraqqiyot bosqichida dunyo hamjamiyatiga integrallashuvi o’zbek tilshunosligida ham muhim islohotlarni taqozo etadi. Darhaqiqat til bilgan el biladi, dunyo kezadi, chunki til bilganga dunyo eshiklari lang ochiladi, inson qancha ko’p tilni o’rgansa shuncha ko’p yangi bilimlarga ega bo’ladi: Gyote: “Inson nechta til bilsa, u shuncha marta odamdir”; Abu Rayhon Beruniy: “Til - so’zlovchi istagini eshituvchiga etkazuvchi tarjimondir”; Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilik” asarida “Til aql va bilimning tarjimonidir. Til kishini izzatli qiladi, kishi tili bilan baxtli bo’ladi”. Albatta o’z ona tilini yaxshi bilishi va uni ardoqlashi lozim, Abdulla Avloniyning ushbu so’zlari ham ayni haqiqat dir.: “Har bir millatning dunyoda borlig`ini ko’rsatadurgan oyinai hayoti uning tili va adabiyotidur”. Bizning ona tilimiz Alisher Navoiy bobomiz ta’riflaganlaridek: ”Tilimiz o’n sakkiz ming olamdan boyroq bo’lgan shunday bir xazinaki, har bir dur-u gavhari osmon yoritgichlaridan ham porloqroq, shunday bir gulzorki, har bir guli chaman gullaridan go’zalroq” dir, tilini asragan el boy bo’ladi va ko’p til bilgan el biladi. Download 12.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling