Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot


Download 22.12 Kb.
bet3/3
Sana06.11.2023
Hajmi22.12 Kb.
#1750723
1   2   3
Bog'liq
A.Smit “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot” nomli asari, feodalizimga munosabat.

Mehnat bozori va pul
A.Smitning ko’rsatib berishicha, mehnat bozorida talab va taklifning mosligi
kuzatiladi, chunki taklifning talabga moslashuvi nafaqat tovarlar bozorida, balki mehnat bozorida ham amal qiladi. Masalan, aholining o’sishi ishchi kuchiga bo’lgan talab bilan tartibga solinib turadi. Quyi sinflarda an‘anaviy ravishda bolalarning tug’ilishi ko’p bo’ladi. Ammo ishchi kuchiga talab ortmasa, albatta, ish haqi past bo’ladi va ularning ko’pi kambag’allikdan o’lib ketadi.
Shuning uchun, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot – progressga yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun rag’batlantiradi. Uning asosiy fikri shuki, cheklangan maosh olayotgan ishchi hech qachon to’la kuch bilan ishlamaydi, chunki u bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq to’lash qanchalik ziyon keltirsa, ortiqcha ko’p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi.
Smit ish haqi tirikchilik uchun zarur minimum harajatlardan ancha ortiq bo’lishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi kerak, ish haqi milliy boylik o’sishiga bevosita bog’liq degan fikrda edi.
U o’z ta‘limotida kapitalist ishchiga ish haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir qismini to’laydi, ikkinchi qismini esa kapitalist foyda sifatida o’zlashtiradi degan fikrni ilgari surdi. Amalda foyda bu qo’shimcha qiymatdir. Bunda u kapitalizm tizimida ishchi mehnati sotiladi deb hisoblaydi. Shuningdek, pulga bo’lgan talab uning taklifini tartibga solib turadi. Smitning fikricha, pul texnik qurol bo’lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni «muomalaning buyuk g’ildiragi» deb baholaydi. Mamlakatda tovar muomilasi uchun pullar qanchalik talab etilsa, shuncha pul taklif etiladi. A.Smit oltin va kumush pullarni qog’oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar
cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan. Agar mamlakatda tovar kamayib ketsa, unda pullar import tovarlarini sotib olish uchun chetga chiqariladi. A.Smit merkantilistlarni pulni ko’paytirish konsepsiyasini tanqid qilib,
iqtisodiyotda pulga zarurat tovarlarga nisbatan kamroq bo’ladi deb o’ylaydi.
Mamlakatda pul massasi qancha kam bo’lsa, iqtisodiy yo’qotishlar shuncha kam deb hisoblaydi. Biroq, A.Smit pulning roliga yetarlicha ahamiyat bermaydi va unga zarurat, boshqa tovarlarga qaraganda, doimo kamroq bo’ladi, deb aytadi. Uning bu xatosini izdoshlari o’zlashtirib olib, klassik maktab nazariyasi o’z ta‘limotlarida qo’lladilar.
Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan – progress, statsionar – turg’un va tanazzul – regressga uchragan holatlarini farqlagan. Birinchisida boylik ko’payadi va mehnatga talab-ehtiyoj ortadi. Statsionar holatda ishchilarning ahvoli og’ir, tushkunlikda esa ayanchli bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., Sharq, 1998.

  2. Afanasev V.S. David Rikardo. M., Ekonomika, 1988.

  3. Smit A. Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov M., Ekonomika, 1993.

  4. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. T., Fan, 1997.

  5. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002.

  6. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. O’quv qo’llanma. T.,

  7. O’zbekiston, 2003. 69-100b.

Download 22.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling