Xamitxonov yosinjonning malaka amaliyoti


Download 85.02 Kb.
bet2/12
Sana30.04.2023
Hajmi85.02 Kb.
#1403710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
HISOBOT — копия

II.ASOSIY QISM
Korxona haqida qisqacha malumot.
“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasidagi kimyo majmuasining asosini tashkil etuvchi, mineral o‘g‘itlar donador va suyuq o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalardan biridir.
Kompaniya quyidagi mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqaradi:
1. Karbamid
2. Ammoniy selitrasi
3. Suyultirilgan suvsiz ammiak
4. Magniy xloratli defoliant
Yangi turdagi mahsulotlar ham ishlab chiqarilmoqda:
1. "UNI-AGRO" kompleks mineral o'g'it
2. "KAS" suyuq azotli o'g'it
3. Natriy bikarbonat (pishirish soda)
4. Etil asetat
5. Trinatriy fosfat
6. Oddiy polianion tsellyuloza efiri "PAC-AZOT"
7. Natriy nitrat texnik
biznesni tashkiliy huquqiy shakllari va unda kapitalni shakillanishi
Bo‘lajak korxonaning tashkiliy –huquqiy shaklini tanlashda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish kerak. Bundan maqsad keyinchalik biron-bir ho‘jalik operatsiyasini yoki biror masalani echish uchun kompaniyani qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi ma’lum bo‘lib qolmasin.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, kichik tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilar kiradi: yakka tadbirkorlar, uncha katta bo‘lmagan firmalar va o‘rtacha yillik xodimlari soni 100 kishi atrofida bo‘lgan kichik korxonalar.
Quyidagi huquqiy shaxslar kichik tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lishi mumkin:

  • xususiy korxona;

  • mas’uliyati cheklangan jamiyat(MCHJ);

  • qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (QMJ);

  • to‘la hamkorlik;

  • kommandit-hamkorlik;

  • ishlab chiqarish hamkorligi.




Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to'g'risida»gi Qonuniga ko'ra, kichik biznes bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagilardan iborat:
• yakka tartibdagi mehnat faoliyati;
• ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;
• bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;
• yuridik shaxslar va fuqarolarning o'z mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi tadbirkorlik.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagilar hisoblanadi;
• huquqiy shaxs shakllantirmay – yakka tadbirkorlik, bu holda biznes jismoniy shaxs tomonidan olingan ro‘yxatdan o‘tkazish guvoxnomasi asosida yuritiladi;
• huquqiy shaxsni shakllantirib:

  1. xususiy korxona (bir jismoniy shaxs – mulkdor tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tadbirkorlik tashkiloti).

  2. masuliyati cheklangan va qo‘shimcha masuliyatli jamiyatlar (MCHJ va QMJ) (yollanma direktor tomonidan boshqariladigan, bir yoki bir necha jismoniy shaxs yoki xukukiy shaxs tomonidan tuziladigan xo‘jalik jamiyati).

  3. Aksiyadorlik jamiyati (AJ) (Nizom fondi ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan jamiyat. AJda har bir boshqaruv organi funksiyasi taqsimlangan ko‘p bosqichli boshqaruv mavjud).

  4. Unitar korxona. Unitar korxona deb mulkdor tomonidan unga biriktirilgan mulkga haqdor bo‘magan tadbirkorlik tashkilotiga aytiladi.

Mamlakatimizda biznesni tashkil etishning korporativ shakllari sifatida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va aksiyadorlik jamiyatlari koʻp uchraydi. 


Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan miqdorlardagi ulushlarga boʻlingan jamiyat tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidanoʻtkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi. 
MChJ oʻz faoliyati davomida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning ta’sischisi boʻlishi va ularning ustav kapitalida ishtirok etishi, vakolatxonalar va filiallar tuzishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar MChJlarning ishtirokchilari boʻla oladi. Qonunchilikka asosan ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, jamiyatning ishtirokchilari boʻlishga haqli emaslar. Jamiyat bitta shaxstomonidan ta’sis etilishi mumkin boʻlib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi boʻlgan.
Jamiyatga aylanishi mumkin. Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bir shaxsdan iborat boshqa xoʻjalik jamiyatiga ega boʻlishi mumkin emas. MChJ 
ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim. Agar MChJ ishtirokchilarining soni belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agarkoʻrsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak.
MChJlarni ta’sis etish ta’sischilar tomonidan ta’sis shartnomasini tuzish va jamiyatustavini tasdiqlashdan boshlanadi. Ta’sischilar tomonidan jamiyatning ijro etuvchi organlari saylanadi yoki tayinlanadi, shuningdek, jamiyatning ustav kapitaliga naqd pulsiz ulushlar qoʻshilgan holatlarda, ularning balansga kiritilish bahosinitasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, jamiyat ta’sischilari kiritadigan ulushlarning puldagi bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror ta’sischilar tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi lozim. Boshqa qarorlar esa jamiyatning ta’sischilari tomonidan qonunchilik hujjatlarida va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, MChJlarning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari hisoblanadi. Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Agarda jamiyat ishtirokchilarining son ikki va undan ortiq shaxsni tashkil etsa, ular oʻrtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi shart.
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan oʻzgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga oʻzgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar ham belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Ta’sis shartnomasida MChJlarning ta’sischilari jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikda faoliyat yuritish tartibini belgilaydilar. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ham belgilab qoʻyiladi:
- ta’sischilar tarkibi; 
- ustav kapitalining miqdori va har bir ta’sischi ulushi; 
- jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav kapitaliga ulushlarni qoʻshish 
tartibi, miqdori, usullari va muddatlari; 
- ulushlarni qoʻshish boʻyicha majburiyatlarini buzganlik uchun ta’sischilarning javobgarligi;
- ta’sischilar oʻrtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi; 
- MChJ organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan 
chiqish tartibi.
MChJ ustavida esa quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 
- jamiyatning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi; 
- jamiyat faoliyatining predmeti; 
- jamiyatning pochta manzili toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari, shuningdek, jamiyat organlari 
tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi;
- jamiyat ustav kapitalining miqdori toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati 
toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari; 
- jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari 
toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyat ustav kapitalidagi ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga 
oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat 
ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyatning vakolatxonalari va filiallari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar va boshqalar. 
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun dastlab 1996 yil 26 aprelda, yangi tahrirdagisi esa 2014 yil 6 mayda qabul qilingan. Bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek, davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari tegishli qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ustav kapitali aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini
tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti
aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi. Aksiyadorlik jamiyati yuridik shaxs bo‘lib,
u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan
o‘zining ustav kapitaliga berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va
shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga
majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.



Download 85.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling