Xamitxonov yosinjonning malaka amaliyoti


Download 85.02 Kb.
bet6/12
Sana30.04.2023
Hajmi85.02 Kb.
#1403710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
HISOBOT — копия

Schyotlar rejasi. Korxona, tashkilot, uyushma, kontsern va muassasalar buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan schyotlarning bir tizimga solingan ro’yxati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi deb ataladi.
Korxonalar moliya xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi 2002 yil 1-yanvardan boshlab yangi o’zgartirishlar bilan amalda qo’llanila boshlandi. Yangi schyotlaar rejasi besh qism va tukkiz bo’limdan iborat.
1-qism: Uzoq muddatli aktivlar bunga 1-bo’lim kiradi.
1-bo’lim: Asosiy aositalar,nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar.
2-qism: Joriy aktivlar bunga 2,3,4,5 bo’limlar kiradi.
2-bo’lim Tovar moddiy zahiralar.
3-bo’lim Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar-joriy qismi.
4-bo’lim Olinadigan schyotlar.
5-bo’lim Pul mablag’lari.qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar.
3-qism:Majburiyatlar bunga 6,7 bo’limlar kiradi.
6-bo’lim Joriy majburiyatlar.
7-bo’lim Uzoq muddatli majburiyatlar.
4-qism: Xususiy kapital bunga 8-bo’lim kiradi.
8-bo’lim Kapital.foyda va zahiralar.
5-qism: Moliyaviy natijalarning foydalanishi va shakllanishi,
bunga 9-bo’lim kiradi.
9-bo’lim Daromadlar va haratlar.
Buxgalteriya hisobi schyotlari–aktivlarning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash, nazorat qilish usulidir. Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keying bo‘ladigan joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada
schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi.
Ushbu jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi.
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan ma’noni bildiradi.
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma’lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan summalarini kredit oborot deb ataladi. 
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir. Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi. Passiv schyot (P) bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat ko‘rinishidagi ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan. Analitik schyotlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchovi birliklarida yuritishga mo‘ljallangandir. Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi.
Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil toppish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan.
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba’zi bir xarajatlarini hisobga olish va ularni kalkulyatsiya ob’ektlari yoki hisobot davrlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi. Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma’lum xo‘jalik jarayonidagi xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy azmuniga qarab, guruhlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib
ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.
Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag‘da ham manbada bir xil summaga o‘zgarishga olib keladi. Bunday o‘zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi. Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta’sir etadi.
Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi. Tranzit schyotlar (T) –bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks
ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balansdan tashqari schyotlar (BT) – bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.
Men amaliyot o’tayotgan korxonada quyidagi schyotlardan foydalanilgan:Schyotlar 2 guruhga ajratiladi.Bular aktiv schotlar hamda passiv schotlarga bo’linadi.Asosan biz 6010,5110,9410,6710,6490,6480 va bosha schotlardan foydalaniladi.

Download 85.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling