Sinf o’quvchilari qatoriga ko’ra, uch guruhga bo’linadi:
1 – guruh: “She’riyat”
2 – guruh: “Davlat”
3 – guruh: “ Hikmat”
Guruh sardorlari o’z guruhlarining nomini izohlashadi.
“She’riyat” guruhi: Alisher Navoiy avvalo, ulug’ shoir. Navoiy – o’zbek adabiy tilining asoschisi. U o’zbek tilining boshqa tillardan qolishmasligini o’zining betakror asarlari bilan isbotlab berdi.
Besh asrki nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher…
“Davlat” guruhi: Alisher Navoiy – davlat arbobi. Navoiy o’zining tinchliksevarlik, xalqparvarlik, bunyodkorlik g’oyalari bilan o’z davrining donishmandiga aylangan. Hukmdorlar uning maslahat va ko’rsatmalari bilan davlatning mustahkamligiga erishgan. ..
Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
“Hikmat” guruhi: Alisher Navoiy asarlari bizning bebaho xazinamiz . Shoirning har bayti bir hikmat. Inson qalbining quvonch-u qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan – kam topiladi.
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
Do'stlaringiz bilan baham: |