Xamroyeva yulduzning


Download 86.8 Kb.
bet9/11
Sana08.01.2022
Hajmi86.8 Kb.
#243345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-мактаб-Хамроева-Юлдуз-seminar-dars

2-o’quvchi: Kamol et kasbkim olam uyidin, Senga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq, Jahondin notavon o‘tmak beayni Erur hammomdin nopok chiqmoq.
O’qituvchi: O’quvchilar, siz hazrat Alisher Navoiy ijodini qancha ko’p o’rgansangiz, shunchalik ko’p ibrat, hayotiy saboq olasiz. Bular, o’z navbatida, hayotingiz davomida sizni to’g’ri yo’ldan borib, yaxshi inson bo’lib yetishishingiz, obro’ – e’tibor qozonishingizga ko’maklashadi.

Shoir bobomiz darsligimizda parcha keltirilgan “Mahbub ul – qulub”, ya’ni “Ko’ngillarning sevgani” deb atalgan asarni umrining oxirida – 1500 – yilda yaratdi. Bu asarda pand – nasihat, axloqiy qarashlar bosh mavzuga aylanib, ularga ta’rif beriladi, falsafiy, axloqiy xulosalar chiqariladi. Shuning uchun ham “ Mahbub ul – qulub”ni pandnoma yoki nasihatnoma deb ataymiz.

Gahi topdim falakdin notovonlig’,

Gahi ko’rdum zamondin komronlig’,

Base issig’, sovug’ ko’rdum zamonda,

Base achchig’, chuchuk totdim jahonda.


Darhaqiqat, “Mahbub ul – qulub” asari oltmish yillik umri davomida hayotda ko’rgan – kuzatganlarini teran tahlildan o’tkazib, muayyan xulosalar chiqargan donishmand adibning kelgusi avlodlarga qoldirgan buyuk ma’naviy merosidir.

Insonlar o’rtasidagi saxovat va himmat singari oliyjanob xislatlar haqidagi asar bobini o’qib kelish berilgan edi. Shu topshiriq asosida “Boshimdagi toj” nomli usuldan foydalanib, matn mazmunini o’rganib olamiz.

Boshimdagi toj” usuli: Uchala guruhdan 7 tadan o’quvchi chiqadi. Saf tortgan o’quvchilarga matndan savol beriladi. O’quvchi shu savolga ko’ra boshidagi tojda qanday so’z borligini aytishi lozim.


Download 86.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling