Xamroyeva yulduzning


Download 86.8 Kb.
bet8/11
Sana08.01.2022
Hajmi86.8 Kb.
#243345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-мактаб-Хамроева-Юлдуз-seminar-dars

Yangi mavzu bayoni:

O’qituvchi: Bugungi darsimiz “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Shoirning “Mahbub ul – qulub” asaridagi “Saxovat va himmat” bobini o’rganish”. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha’n – u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa”.

O’quvchilar, ulug’ shoir va davlat arbobi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haqida siz 5 – sinf dasturida o’rgangan edingiz. O’sha bilimlarimizni takrorlash maqsadida darsimizda “Ko’chma bozor” usulini qo’llaymiz.
Ko’chma bozor” usuli: Mana , savdo rastasida aralash holdagi turli banklarning ya’ni guruhlarning plastik kartalari mavjud. Guruh sardorlari kelib, o’z guruhlari nomiga taalluqli kartalarni ajratib olishadi. Har bir karta orqasida Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bo’yicha savollar bor. Guruh a’zolari kelishgan holda savollarga javob berishadi. Har bir to’g’ri javob uchun “rag’bat” qo’llanmalari taqdim etiladi.


  1. Davlat: hokim, vazir, amir, podshoh

  2. She’riyat: g’azal, ruboiy, devon, shoir

  3. Hikmat: yaxshilik, yolg’on, safar, hilm

Bu usul orqali o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirilib boriladi.


Savollar:

  1. Alisherning maktabdosh do’sti kim edi?

  2. Kim Alisher Navoiyni “G’azal mulkining sultoni” deb ta’riflagan? (Maqsud Shayxzoda)

  3. Qaysi asarning qahramoni faqat qushlar edi? (“Lison ut-tayr”)

  4. Navoiy 3-4 yoshlarida qaysi shoirning she’rini o’qib, mehmonlarni hayratga solgan edi? (Qosim Anvor)

  5. Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan qaysi asarini yozgan? (“Hiloliya”)

  6. A.Navoiyning 40ta hadis asosida yozgan asari qaysi? (“Arbain”)

  7. Alisher bolaligida qaysi ijodkorning “Mantiq ut-tayr” asarini yodlab olgan? (Farididdin Attor)

  8. Alisher 6 yoshida qaysi buyuk shaxs bilan uchrashadi?

(Sharafiddin Ali Yazdiy)

  1. Alisherning otasi qaysi shaharga hokim bo’lgan?

(Sabzavor)

  1. Kim Alisher Navoiyga “Amiri kabir”- Ulug’ vazir unvonini bergan? (Husayn Boyqaro )

  2. Navoiyga qaysi shaharlarda haykal o’rnatilgan? (Tokio, Moskva, Bokuda)

  3. “Mahbub ul – qulub” asari necha qismga bo’lingan? ( 3 qismga…)

O’qituvchi; Endi navbat buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiy haqidagi slayd namoyishiga…( AKT orqali ko’rsatiladigan slayd sahifalarini o’qituvchi tushuntirib boradi.)


O’qituvchi: Bobomiz ruhini shod etish maqsadida shoirning ijod namunalaridan tinglaymiz. Marhamat. ( Guruhlardan navbat bilan ruboiylar yod aytiladi)

1-o’quvchi: Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz, Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz, Har neniki, sevmak ondin ortiq bo‘lmas, Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.


Download 86.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling