Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillar


Download 1.08 Mb.
bet139/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

10.4-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillar
Mamlakatning ichki iqtisodiy sohadagi xavfsizligi tabiiy, texnik-texnologik, infratuzilmaviy, ijtimoiy va boshqa makro va mikroiqtisodiy rivojlanish omillari, ichki immunitet va turli beqarorlik, tangliklar ta’siridan himoyalanish orqali ta’minlanadi.

Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilarni kiritish mumkin (10.5-rasm):


- sobiq tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalashgan iqtisodiyotning meros bo‘lib qolganligi;
- iqtisodiyot tarmoqlari aksariyatining qoloq texnologik bazaga, yuqori energiya va resurs sig‘imiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi;
- iqtisodiyotdagi monopollashuv darajasining yuqoriligi;
- inflyatsiya darajasining beqarorligi;
- infratuzilma ob’ektlarining yetarli darajada shakllanmaganligi va mustahkam emasligi;
- mineral-xomashyo bazalarining kam o‘rganilganligi va iqtisodiy faoliyatga kiritish imkoniyatlarining chegaralanganligi;
- mamlakat ilmiy-texnika salohiyatidan foydalanish miqyosining pastligi, fan-texnika rivojlanishining ayrim yo‘nalishlarida ilg‘or o‘rinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat nufuzining tushib ketishi;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining, jumladan, xorijiy kompaniyalar tomonidan iste’mol tovarlarining ichki bozorlardan siqib chiqarilishi;
- hududiy ajratmachilik tendensiyasi va boshqarish qarorlarini qabul qilishda tarmoq lobbizmining yuqori darajada ekanligi;
- investitsion faollikning sustligi, milliy mentalitetda jamg‘arishga moyillikning yuqori ekanligi;
- kapital xarajatlardan ko‘ra joriy xarajatlarning afzal ko‘rilishi;
- ishsizlik darajasining yuqoriligi, aholi o‘rtasida tabaqalanishning keskinlashib ketishi natijasida ijtimoiy ziddiyatlarning kelib chiqish xavfi mavjudligi;

10.5-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki omillar tarkibi
- iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy va shartnomaviy intizomining pastligi;
- iqtisodiyotning kriminallashuvi va korrupsiyaning kuchayishi;
- daromadlarni yashirish va soliq to‘lashdan qochish holatlarining ko‘payishi;
- kapitalni xorijga noqonuniy ko‘chirish va boshqalar.
Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillarni, o‘z navbatida, ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Iqtisodiy tizimning siklli rivojlanish qonuniyatlariga bog‘liq omillar. Bu omillar guruhi ta’siri oqibatida ma’lum sharoitlarda makroiqtisodiyot darajasida salbiy oqibatlarning kelib chiqishi va davlatning iqtisodiy xavfsizligi tahdid ostida qolishi mumkin.
2. Iqtisodiy tizimning siklli rivojlanish qonuniyatlariga bog‘liq bo‘lmagan omillar. Bu guruh omillari esa uzoq muddatli davrda iqtisodiy tizim muhim elementlarining takror ishlab chiqarilishi sharoitida to‘plangan noxush tendensiyalar tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Bu o‘rinda quyidagilar noxush tendensiyalar sifatida qaralishi mumkin:
- mamlakatning ishlab chiqarish, innovatsion va ilmiy-texnikaviy salohiyatidan foydalanish darajasi va samaradorligi;
- xo‘jalik yuritish va boshqarishning iqtisodiy munosabatlari;
- ijtimoiy soha;
- atrof-muhit holati;
- mamlakat hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy holat.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling