Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Download 1.08 Mb.
bet138/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

1. Iqtisodiy omillar: mehnat resurslari, mehnat vositalari, ishlab chiqarish fondlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma, aholi turmush darajasi, strategik zahira va boshqalar.
2. Tabiiy-iqlim omillari: yoqilg‘i-energetika resurslari va mahsulotlari, mineral xomashyo, o‘rmon, suv, yer, biologik resurslar, iqlim sharoitlari, relef, grunt tarkibi va boshqalar.
3. Iqtisodiy va tabiiy sharoitlarni sintezlovchi omillar: davlatning tuzilishi, mulk shakllari, davlatning qo‘llab-quvvatlovchi siyosati, ishlab chiqarishning jamoaviy shakli, tabiiy resurslarni saqlashga qaratilgan tadbirlar, atrof-muhitni himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.
4. Ijtimoiy-siyosiy omillar: hududlarning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash, milliy va madaniy masalalarni hal qilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalar.
5. Ilmiy-texnologik omillar – barcha omillarga ta’sir ko‘rsatib, ularning iqtisodiy xavfsizlikka ta’sirini kuchaytirishi yoki aksincha, sustlashtirishi mumkin.
6. Ijtimoiy-demografik omillar: aholining yoshi, jinsiy bo‘linishi, bilim darajasi, huquqiy va siyosiy madaniyati, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichi, sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanish darajasi va boshqalar.
7. Etnografik va iqtisodiy omillar: aholining milliy tarkibi, etnik guruhlarning joylashuvi, etnik guruhlarda tug‘ilish va o‘lim darajasi, millatlararo munosabat madaniyati, etnik guruhlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishidagi farqlar va boshqalar.
8. Axborot va axborot-psixologik omillar: axborot aylanishi, axborotning aylanish davri, axborotning yo‘nalishi, axborot oqimlari, axborotlardagi milliy o‘ziga xosliklar, axborotni qayta ishlash tizimi, sirning oshkor bo‘lmaslik va himoyalanganlik darajasi.
9. Siyosiy omillar: davlatning rivojlanish darajasi, jamiyat, madaniyat, siyosiy harakatlar va partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari, milliy xavfsizlikni ta’minlovchi tizim bo‘linmalari.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar tarkibini iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir nuqtai nazaridan ichki va tashqi omillarga ajratib o‘rganish ham mumkin (10.4-rasm).
Iqtisodiy havfsizlikning ichki omillari qatoriga mavjud tabiiy resurslar (qazilma boyliklar, lanshaft, hayvonot va o‘simliklar olami, relef, iqlim, suv, yer resurslari) kiritilib, ularning mavjudligi va holati ko‘p jihatdan mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi yoki qaramligini belgilovchi ahamiyatga ega.
Ichki omillar qatoriga yuqoridagi tasnifda ko‘rib o‘tilgan ijtimoiy-demografik va ilmiy-texnologik omillarni ham kiritish mumkin, chunki ushbu guruh omillari ko‘p jihatdan tashqi ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmaydi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling