Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


Globallashuv sharoitida mamlakat milliy raqobatbardoshligini oshirish omillari


Download 1.08 Mb.
bet146/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

10.6. Globallashuv sharoitida mamlakat milliy raqobatbardoshligini oshirish omillari
Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi masalasi doimo iqtisodchi olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ushbu masaladagi zamonaviy nazariyalarning ko‘piga asos bo‘lgan fikrlar M.Porterning izlanishlarida yoritilgan. M.Porter mamlakat iqtisodiyotining raqobatdoshligi uning resurslar bilan yaxshi ta’minlanganligigagina bog‘liq emasligini, raqobat ustunligini shakllantirish, ta’minlab turish mumkinligini ko‘rsatib berdi va unga mamlakat firmalarining raqobatdoshligini ta’minlash orqali erishiladi, degan fikrni ilgari surdi. Raqobatdoshlikni shakllantirish va rivojlantirishning M.Porter konsepsiyasiga ko‘ra, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari “milliy romb”ni tashkil etuvchi to‘rtta unsurdan iborat (10.10-rasm).
M.Porter konsepsiyasiga ko‘ra, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari “milliy romb”ni tashkil etuvchi to‘rtta unsurdan iborat.
Ular quyidagilar:
1. Omillar bilan ta’minlanganlik.
2. Talab parametrlari.
3. O‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlar.
4. Firmalar strategiyasi tarkibi va raqobatchilik muhiti.

10.10-rasm. M.Porterning raqobat ustunliklari rombi203


1. Omillar bilan ta’minlanganlik. Ishlab chiqarish omillari nazariyasi bo‘yicha tovar aylanishining oqimi ishlab chiqarishning mehnat, yer, tabiiy resurslar, sarmoya, infratuzilma kabi omillarini belgilab beradi. Mamlakatda ishlab chiqarish omillarining mavjudligi milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Ishlab chiqarish omillarini shakllantirish va yangilashning tezligi va samaradorligi hamda iqtisodiyotning ma’lum tarmoqlarida qo‘llash muhimdir. Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat.
Mehnat, material, bilim, pul, infratuzilma resurslari bilan ta’minlanish mamlakatning raqobatdoshligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu resurslarning ba’zilari oldindan mavjud bo‘lsa, ayrimlari yaratiladi va rivojlantiriladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling