Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.5-jadval Mamlakatlarning rivojlanish bosqichlariga ko‘ra guruhlanishi 202
- Raqobatbardoshlikning muhim sohalari
umumiy yo‘nalishda:
- savdo sharoitining o‘zgarishi; - embargoning qo‘llanilishi; - yuqori tarif cheklovlari; - savdoda miqdoriy cheklovlar; - demping; - texnologiyalar harakatidagi to‘siqlar; - ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarining tarqalishidagi to‘siqlar; 10.5-jadval Mamlakatlarning rivojlanish bosqichlariga ko‘ra guruhlanishi202
pul-kredit siyosati va valyuta rejimi sohasida: - valyuta kursini o‘zgartirish; - xorijiy banklarda mamlakat jamg‘armalarini muzlatish; - kredit cheklovlarini joriy etish; - “kapitalning chiqib ketishi” va h.k. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir kursatuvchi salbiy oqibatlar: - “aqllarning oqib ketishi”; - transport aloqalarining buzilishi; - ekologik holatning izdan chiqishi; - narkotiklar kontrabandasi, qurol-yarog‘, xavfli viruslarning tarqalishi va h.k. Ushbu siyosatga qarama-qarshi vosita sifatida jarima, ta’sir o‘tkazish bosimi, kredit berish imkoniyatini to‘xtatish, xalqaro tashkilotlar a’zoligidan chiqarish kabi ta’sir etishning amaliy vositalari xizmat qilishi mumkin. Milliy iqtisodiy xavfsizlik — bu mamlakat takror ishlab chiqarish jarayoniga xavf soluvchi, aholi turmush darajasining pasayishi hamda ijtimoiy to‘qnashuvlarning yuzaga kelishiga olib keluvchi ichki va tashqi salbiy oqibatlardan milliy iktisodiyotning himoyalanganlik darajasidir. Milliy iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning iktisodiy rivojlanish darajasi, iqtisodiy salohiyati, milliy boylik hajmi, resurslar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Jahonda iqtisodiy xavfsizlikning nisbiy mikdoriy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Masalan, agar oziq-ovqat va boshqa tovarlar importi jami importning 20% idan oshib ketsa, ushbu holat milliy iqtisodiy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi va uning tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Demak, xo‘jalik hayotining baynalmilallashuv jarayoni xalqaro va milliy iqtisodiy xavfsizlikni saqlab turish hamda qo‘llab-quvvatlash jarayonidagina rivojlanishi mumkin. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling