Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)
V bob bo’yicha qisqacha xulosalar
Download 1.08 Mb.
|
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)
V bob bo’yicha qisqacha xulosalar
Globallashuv jarayonining sabablari va mohiyati hamda uning ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha olimlar o‘rtasida yagona kelishuv mavjud emas. Shunday bo‘lsada, globallashuv mamlakatlar savdo integratsiyasi, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining hududiy savdo kengayishi jarayoni, alohida mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy o‘zaro bog‘liqligining o‘sishi va boshqalar sifatida qaralmoqda. Taraqqiyotning bugungi sharoitida globallashuv jarayoni xalqaro raqobatni keskinlashtiruvchi asosiy omil bo‘lib, uning asosiy afzalliklari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: - xalqaro raqobatni keskinlashtirish orqali xaridorlar uchun tovar va xizmatlarning iste’mol xususiyatlari va xarid qilish sharoitlari qulaylashadi; - mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish jarayonida transport va kommunikatsiya xarajatlari qisqaradi; - ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonining kengayishi bilan ko‘lam (miqyos) samarasi ortadi va tannarx pasayadi; - jahon miqyosida innovatsiyalarni uzluksiz qo‘llash imkoniyati va bu bilan mehnat unumdorligini ortadi; - fan va texnika taraqqiyoti jadallashadi; - iqtisodiy samaradorlik ortishi bilan tarmoq, hudud va mintaqa darajasida iqtisodiy o‘sish darajasi ortadi; - iqtisodiy chegaralarning kamayishi bilan o‘zaro manfaatli savdo rivojlanadi; - jahon miqyosida yalpi ichki mahsulot hajmi va jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlar darajasi ortadi. Globallashuv jarayonining asosiy sharti mamlakatlar bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, ko‘plab jarayonlarni soddalashtirish uchun jahon hamjamiyatiga integratsiyalashishga moyilligida o‘z aksini topgan. Darhaqiqat, bir tomondan, globallashuv turli ishtirokchilarning jahon bozoriga chiqishini osonlashtiradi. Globallashuv tufayli jahon moliya bozori ishtirokchilariga moliyaviy axborot miqdori ortib bormoqda, resurslar ko‘lami kengaymoqda - xorijiy resurslarga kirish, texnologik va boshqaruv tajribasi osonlashmoqda. Jahon bozorida hukumat va moliya institutlarining shaffofligini ta’minlash, xalqaro moliya institutlarining mavqeini mustahkamlash va rivojlanayotgan bozor mamlakatlarining jahon bozorini rivojlantirishdagi rolini oshirish bo‘yicha keng qamrovli axborot standartlari amalga oshirilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun globallashuv quyidagi xatarlarni yuzaga keltiradi: - rivojlangan mamlakatlar bilan texnologik tafovutning ortishi; -ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanishning o‘sib borishi, marjinallashuv; - aholi asosiy qismining qashshoqlashuvi; - kam rivojlangan mamlakatlarning jahon iqtisodiy tizimining barqarorligi va samarali faoliyatiga bog‘liqligining ortishi; -TMKlar tomonidan alohida mamlakatlarda milliy yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish imkoniyatining cheklanishi; - xalqaro moliyaviy tashkilotlarga bo‘lgan tashqi qarzdorlikning o‘sishi. Rivojlangan mamlakatlarda globallashuv jarayoni ta’sirida yuzaga keluvchi muammolar: 1) ishsizlikning ortishi natijasida: - sanoatda yangi texnologiyalarning joriy etilishi natijasida ish o‘rinlarining qisqartirilishi; - ishlab chiqarish tarkibidagi o‘zgarishlar va ko‘pgina tarmoqlarning yopilishiga sabab bo‘luvchi mehnattalab mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarishning rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirilishi; - ishchi kuchi harakatchanligining ortishi; 2) TMKlarning o‘z manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yishi natijada milliy davlatlarning roli zaiflashadi va ba’zi boshqaruv funksiyalari xalqaro tashkilotlar va uyushmalar zimmasiga o‘tadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling