6.2-jadval
Jahon yalpi mahsuloti va xalqaro savdo hajmining o‘sish sur’atlari94, %
Ko‘rsatkichlar
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2020*
|
Jahon yalpi mahsuloti
|
5,2
|
5,3
|
-0,9
|
2,4
|
2,5
|
Xalqaro savdo
|
12,4
|
12,5
|
-17,3
|
-10,2
|
4,2
|
Xalqaro savdoning jahon yalpi mahsuloti o‘sishiga nisbati
|
23,8
|
26,4
|
25,7
|
27,8
|
30,2
|
Mamlakatlar ichki ishlab chiqarishning jahon bozoriga yo‘naltirilganlik darajasi bo‘yicha keng farqlanadi. globallashuv ta’siri ostida ularning ko‘pchiligida bu daraja ko‘paymoqda. 100 yil (1890-1990 yillar) ichida tovarlar eksporti va YaIMning o‘zaro nisbati Germaniyada 15,9 % dan 24,0 % gacha, Fransiyada – 14,2 % dan 17,1 % gacha, Italiyada – 9,7 % dan 15,9 % gacha, Yaponiyada – 5,1 % dan 8,4 % gacha, AQShda – 5,6 % dan 8,0 % gacha oshgan. Lekin, masalan, Angliyada – Britaniya imperiyasining tarqalib ketishi sababli ushbu daraja – 27,3 % dan 20,6 % gacha kamaygan. Agar bu ko‘rsatkichlar faqat tovar eksportiga tegishli bo‘lsa, quyidagi ma’lumotlar ayrim mamlakatlar YaIMda tovarlar va xizmatlar eksportining ulushini aks ettiradi (6.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |