Jahon savdo tashkiloti (JST)
|
xalqaro savdoni institutsional va huquqiy asosini tashkil etuvchi mustaqil davlatlararo tashkilot.
|
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi
|
mamlakat iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati.
|
Iqtisodiyotning real sektori
|
iqtisodiyotning bevosita sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini o‘z ichiga oluvchi moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi.
|
Iqtisodiy o‘sish
|
real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmi yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o‘sishi.
|
Immigrant
|
muxojir, boshqa mamlakatdan ko‘chib kelgan kishi.
|
Import
|
mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, kapitalini, texnologiyasini va xizmatlarni olib kelish.
|
Investitsion hamkorlik
|
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish orqali davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga erishish, texnologik ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabilarni maqsad qilgan.
|
Investitsiya
|
bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.
|
| |