Oziq-ovqat xavfsizligi
| |
milliy va global ehtiyojlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati.
| |
Portfel investitsiyalar
|
xo‘jalik ob’ektini ekspluatatsiya qilish tufayli daromad olish xuquqini kafolatlovchi kapital qo‘yilmalari.
|
Preferensiya
|
iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
|
Proteksionizm
|
davlatning ichki bozorni xorij raqobatidan himoya qilish siyosati mamalakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish miqdoriy cheklaydi yoki umuman ta’qiqlaydi.
|
Pul-kredit siyosati
|
davlat tomonidan iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida pul muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-tadbirlar majmui.
|
Pul
|
hamma tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar.
|
|