Globallashuv tarixining 1-davri. XII asr o‘rtalari – XV asr oxiri. Jahon iqtisodiyotining markazi – Italiya va uning Venetsiya, Genuya, Florensiya, Piza kabi savdo davlatlari. Siklning oxirida Italiya davlatlarining globallashuv jarayonidagi pasayishi va Fransiya hamda Ispaniya tomonidan Italiya ustidan hukmronlik uchun 60 yillik urushning boshlanishi.
Globallashuv tarixining 2-davri. XVI asr o‘rtalari – XVII asrning ikkinchi yarmi. Globallashuv markazlari – Niderlandiya va Gabsburg imperiyasi (keyinchalik Ispaniya va Avstriya imperiyalariga bo‘linib ketgan). Siklning oxiri o‘ttiz yillik urushda Ispaniya-Avstriya Gabsburglar imperiyasining mag‘lubiyati va ingliz inqilobi bilan belgilanadi, undan keyin Angliya, Germaniya va Skandinaviya proteksionizm siyosatiga o‘tib, bojxona bilan bog‘liq muammolar tufayli globallashuvdan to‘sildi.
Globallashuv tarixining 3-davri. XVIII asr. Globallashuv proteksionistik siyosat yuritmagan bir qator Yevropa mamlakatlari (Fransiya, Ispaniya, Polsha, Niderlandiya)ni, shuningdek, o‘sha davrda jahon iqtisodiyoti bilan birinchi marta aloqaga chiqqan bir qator yangi hududlar (Amerika, Hindiston, G‘arbiy Afrika)ni qamrab oldi. Globallashuv markazlari – Buyuk Britaniya va Fransiyadir. Siklning oxiri fransuz inqilobi va Napoleon urushlari bilan belgilanadi.
Globallashuv tarixining 4-davri. 1840-1920-yillar. Davr boshida G‘arbiy Yevropadagi qator mamlakatlar (Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya) Napoleon urushlari tugaganidan keyin olib borgan proteksionistik siyosatdan erkin savdo siyosatiga o‘tdilar. Xalqaro savdoning jadal o‘sishiga transportning rivojlanishi (temir yo‘llar qurilishi, transatlantik liniyalar uchun kuchli paroxodlardan foydalanish va boshqalar) ham yordam berdi. Globallashuvning asosiy markazi Buyuk Britaniya bo‘lib, u o‘sha davrga kelib sanoat inqilobini amalga oshirgan va boshqa barcha mamlakatlar ustidan katta raqobat ustunligiga ega bo‘lgan. Sikl oxiriga kelib globallashuv birinchi marta dunyoni deyarli to‘liq egallab oldi, Buyuk Britaniya esa global iqtisodiyotning yangi markazlari bo‘lgan AQSh va Germaniya oldida o‘z ustunligini yo‘qotdi. Sikl oxirida Buyuk depressiya boshlandi (1929-1939 yy.), dastlabki yillarda g‘arb davlatlari inqirozga qarshi kurashish maqsadida yuqori proteksionistik to‘siqlarni joriy etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |