Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A., Mirzayev A. T., Asraqulov A. S global iqtisodiy rivojlanish (darslik)


-jadval 1992-2019 yillarda jahon valyuta bozorining kunlik aylanmasi hajmi


Download 1.08 Mb.
bet87/176
Sana27.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1728474
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   176
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (1)

7.3-jadval
1992-2019 yillarda jahon valyuta bozorining kunlik aylanmasi hajmi116 (mlrd. AQSh dollarida)


Yillar


1992


1995


1998


2001


2004


2007


2010


2013


2016


2019

Aylanma hajmi


820

1190

1527

1239

1934

3324

3973

5357

5067

6590

Ma’lumki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, valyuta bozorida dunyoning barcha mamlakatlari ishtirok etadilar, lekin xalqaro valyuta bozorida ayrim mamlakatlarning ishtirok etish ko‘lami boshqalariga nisbatan yuqori hajmni tashkil etadi.



7.4-jadval
Jahon valyuta bozori aylanmasining geografik tarkibi117 (%da)


Ko‘rsatkichlar


2013 yil


2016 yil


2019 yil


Jahon bo‘yicha


100,0


100,0


100,0

Buyuk Britaniya


40,8

36,9

43,1

AQSh

18,9

19,5

16,5

Singapur

5,7

7,9

7,6

Yaponiya

5,6

6,1

4,5

Gongkong

4,1

6,7

7,6

Shveysariya

3,2

2,4

3,3

Boshqalar

21,7

20,5

17,4

Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotning real sektori rivojlanishi hamda moliya va valyuta bozorlari o‘rtasida tizimli bog‘liqlik mavjud. Valyuta bozorlarida eng ko‘p ishlatiladigan va vaqt o‘tishi bilan o‘z qiymatini yo‘qotmagan valyuta AQSh dollari hisoblanadi. Agar 1989 yilda xalqaro valyuta bozoridagi bitimlarning 90 foizida AQSh dollaridan foydalanilgan bo‘lsa, 2019 yilda mazkur ko‘rsatkich 88 foizni tashkil etgan, o‘tgan o‘ttiz yil davomida AQSh dollari o‘zining yetakchilik rolini saqlab kelgan. Bu qisman dollarning boshqa valyutalar kross-kurslarini hisoblashdagi yetakchi roli, shuningdek, jahon valyuta bozori aylanmasining 2/3 qismiga teng bo‘lgan svop bitimlarida 95 foizni tashkil etganligi bilan bog‘liqdir. 2001-2010 yillarda dollarning ulushi sezilarli tebranishlarga uchragan, bu holat 2001 yil o‘rtalarida boshlangan va 2008 yildagi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida ishlab chiqarishning pasayishi hamda ishsizlikning o‘sishi hisobiga yanada kuchaygan Amerika iqtisodiyotidagi retsessiya jarayoni bilan bog‘liq. Lekin, iqtisodiy omillar ta’siriga qaramasdan AQSh dollari hozirgi kunda ham konversiya operatsiyalarining 88 foizini tashkil etgan holda jahon valyuta bozorida yetakchilikni qo‘ldan bermay kelmoqda.

Xalqaro valyuta bozoridagi operatsiyalarda boshqa valyutalar, jumladan, yevro 32 foizni, iyena 1 foizni, funt sterling 13 foizni, Shveysariya franki 5 foizni, Avstraliya dollari 7 foizni, Kanada dollari 5 foizni, Gongkong dollari 4 foizni tashkil etgan.


Hozirgi davrda xalqaro moliya tizimi va undagi muhitga sezilarli ta’sir etuvchi omillar bo‘lib xalqaro kapital harakati, valyuta bozori holati va undagi operatsiyalarning dinamikasi hamda mazkur omillarni harakatga keltirishda asosiy rol o‘ynovchi TMKlar faoliyati namoyon bo‘lmoqda. Chunki TMKlarning xalqaro investitsiya va valyuta bozoridagi ishtirokining faolligi, ularning jahondagi investitsion munosabatlar va xalqaro valyuta operatsiyalari holatiga, shu asosda xalqaro moliya tizimiga keskin ta’sir etish qobiliyatiga egaligini belgilab beradi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling