Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5418067768928899187
2-jadval
Xarajatlarni tan olish va hisobini yuritishning tamoyillari № Tamoyilning nomi Xarajatlar hisobi bo’yicha qo’llanilishi
1.
Ikki yoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish Bu tamoyilning ma’nosi shundan iboratki yuz bergan operatsiyaning summasini bir vaqtning o’zida ikki schotda, ya’ni bir schotning debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirilishini bildiradi. 2.
Uzluksizlik Bu tamoyil korxonaning doimo harakatdagi subyekt, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi subyekt sifatida qaraydi. Shunga ko’ra, xarajatlar ham uzluksiz hisobga olib boriladi. 3. Pulda ifodalash Bu tamoyil yuz bergan xarajatlarni milliy valutada, ya’ni so’m va tiyinlarda aks ettirishni bildiradi. 4.
Aniqlilik Bu tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir xarajat summasining qat’iy hujjatli asosga ega bo’lishligini bildiradi. 5. Hisoblash Bu tamoyil xarajatlarni yuz bergan vaqtiga ko’ra tan olishni va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda aks ettirishni bildiradi. 6. Ehtiyotkorlik (konservatizm) Bu tamoyil korxona hisobotlarida xarjatlarni ko’p (kam) qilib ko’rsatmaslikni ifodalaydi. Bu tamoyilni qo’llash yashirin rezervlarni vujudga keltirish, biron bir maqsadda xarajatlarni
ko’paytirib (kamaytirib) ko’rsatish huquqini bermaydi. 7.
Taqqoslamalik Xarajatlarni ifodalovchi hisobotlar foydali va mazmunli bo’lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan bo’lish kerak. Hisobotdan foydalanuvchilar ushbu hisobot qaysi usullarga, tamoyillarga muvofgiq tuzilganligini bilishi lozim. Agar o’tgan davrdagi hisobot ko’rsatkichlari bilan joriy hisobot davridagi hisobot o’rtsida farq bo’lsa o’tgan davr hisobotini ham qaytadan tasniflash lozim,
agar tasniflashning (o’zgartirishning) iloji bo’lmasa ushbu qismda tushuntirishlar, yoxud xarakteri ochib berilishi lozim. 8.
Neytrallik Bu
tamoyil xarajatlarni ifodalovchi hisobotlarni bironta shaxs manfaatlari uchun boshqa bironta
shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi. 9. Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi Bu tamoyil hisobot davri xarajatlariga shu davrda real daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi. 10.
Tushunarlilik Bu
tamoyil xarajatlarni ifodalovchi hisobotlarning moddalari axborot
foydalanuvchilari uchun tushunarli bo’lishligini bildiradi. 11. Yakunlanganlik Bu tamoyil xarajatlar to’g’risidagi hisob ma’lumotlarining biron-bir hisobot davri uchun jamlanganligini bildiradi. 12.
Tezkorlik Bu tamoyil xarajatlar to’g’risidagi hisob ma’lumotlarini va
hisob siyosatidagi o’zgarishlarni boshqaruv organlariga kerakli muddatlarda va hajmda yetkazib berishni bildiradi. Axborotning muhimligi ham nisbiy tushuncha bo’lib, u faqatgina o’z vaqtidagina muhim bo’ladi, kechikkan yoki muddatidan oldin berilgan axborotning roli pasayadi. 13.
Offsetting (moddalarning o’zaro hisobga olinishi) Bu tamoyil daromad va xarajatlar moddalari o’zaro hisobga olinishi mumkin emasligini bildiradi (BHMS larda bunga ruxsat berilgan yoki talab qilingan holatlar bundan mustasno). Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling