Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5418067768928899187
3. Xarajatlar hisobi
Ushbu bo’limni “ishlab chiqarish xarajatlari”, yoxud “mahsulot tannarxi” tushunchalariga ta’rif berishdan boshlasak, turli adabiyotlarda bu ikki tushunchaga bir-biriga mazmunan juda yaqin bo’lgan ta’riflar berilgan, masalan: Mahsulot tannarxi ushbu mahsulot qiymatining pul shaklidagi qismi bo’lib, moddiy, mehnat va boshqa sarf-xarajatlardan iborat bo’ladi 10 ; Ishlab chiqarish xarajatlari – bevosita mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) ishlab chiqarishga ketgan, shuningdek ularning tannarxini tashkil etuvchi xarajatlardir. Tannarx - mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlarning pulda ifodalangan majmuasi 11 . Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi 12 .
xarajatlari, mahsulot tannarxi tushunchalarini to’liq yoritib bera olgan, shunday bo’lsada, biz quyidagi ta’rifni tavsiya qilgan bo’lar edik: Ishlab chiqarish xarajatlari – bu shunday xarajatlarki, uning pirovardida (natijasida) aniq bir mahsulot (ish, xizmat) lar yaratiladi. Bozor munosabatlari sharoitida, ya’ni raqobat sharoitida, qolaversa hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan xarajatlarning ahamiyati ortib boradi, chunki mahsulot narxining asosini mahsulot tannarxi tashkil qiladi, raqobat shaoitida esa narx bu bir dastakki, qaysiki shu dastak bilan raqobatchilar ichida g’olib bo’lishga yordam beradigan. Bu kabi misollarni yana ko’plab keltirish mumkin, shunday ekan ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan xarajatlarni doimiy nazorat qilib borish lozim.
10 F.G’.G’ulomova. Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma. T.: “NORMA”, 2009. 343-bet. 11 K.B.Urozov. buxgalteriya hisobi va audit. T.: “O’qituvchi”, 2004. 146-bet.
12
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida Nizom”, 1-qismi.
Sanoat korxonalarida “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi (
). Ushbu Nizom amaldagi qonun qoidalar hisobga olingan holda xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqargan mahsuloti tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarning bir xilligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Nizom buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish maqsadlari uchun xarajatlarni
6-chizma: Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiradigan xarajatlarning iqtisodiy mohiyatiga ko’ra tasniflanishi hisoblash o’rtasidagi farqni hisobga oladi. Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya foydasidan farq qiladi, korxona xarajatlarining bir qismi amaldagi soliq siyosatiga ko’ra soliq bazasidan chegirilmaydi. Shu narsani ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi tamoyillari xarajatlarning hisobotlarda aks ettirilishini soliqqa tortish qoidalari bilan bog’lamaydi. 21-sonli BHMSga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schotida olib boriladi. Ushbu schot aktiv, doimiy schot bo’lib, ko’payishi va qoldig’i debet tomonida, kamayishi kredit tomonida, qoldig’i ma’lum bir sanaga tugallanmagan ishlab chiqarishning puldagi ifodasidir.
xarajatlari Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda), Nizomning 1.1-punkti
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari, Nizomning 1.2-punkti
Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, Nizomning 1.3-punkti
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, Nizomning 1.4-punkti
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar, Nizomning 1.5-punkti
|
ma'muriyatiga murojaat qiling