Xarajatlarni baholash usullari I kirish II asosiy qism
Davr Uskunalarning ishlagan vaqti
Download 195.5 Kb.
|
0 80 160 240 320 400 480 X, s Ishlab chiqarishning turli darajasida texnik xizmat ko‘rsatishga xarajatlarning grafik ifodasi To‘g‘ri chiziq tik o‘qni kesib o‘tadigan nuqtasi (£ 240)doimiy chiqimlarga tengdir, ya’ni y = a + bx – bu a ning qismi regressiya formulasida bir martalik o‘zgaruvchi chiqim b to‘g‘ri chiziq nuqtalari o‘rtasidagi og‘ishlarni tahlil qilish va quyidagi hisob bilan aniqlanadi: b = (xarajatlardagi farq) / (Ishlab chiqar. hajmidagi tafovut) = (720560)/(240-160) = 2 sh.b. Bu hisob ishlab chiqarish darajasining 160 dan 240 gacha darajasini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqda xarajatlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni qiyoslash asosida amalga oshiriladi. Buning natijasida regressiya formulasini olamiz: y = 240 + 2x. Agar X qimmatini 100 deb hisoblasak, tenglama bunday tus oladi y = £240 + (2 • 100) = 440 sh.b. Grafik usuldan foydalanish oson va u korrelyatsiya yo‘q bo‘lgan sharoitda yoki kuzatiladigan miqdorlar betartib o‘zgarganda xarajatlarni foydali vizual tasavvur qilishni ta’minlaydi. Biroq bu usulning kamchiligi bor, bu kamchilikning to‘g‘ri chiziq qaerdan o‘tishini aniqlashning sub’ektivligi bilan bog‘liq, ya’ni turli kishilar turlicha og‘ishdagi chiziq o‘tkazishadi. Natijada xarajatlar bahosi ham farq qiladi. Bu qiyinchilikni engish uchun chiziqni sub’ektiv emas, balki matematik usullar asosida, masalan, eng kam kvadratlar usulidan foydalanib o‘tkazish afzaldir. Download 195.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling