Xarajatlarni baholash usullari I kirish II asosiy qism
Download 195.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Ustama xarajatlar hisobi Ishlab chiqarish ustama xarajatlari (IUX)
- Mahsulot birligidagi to‘la xarajatlarni aniqlash.
- Ustama xarajatlarni taqsimlash stavkasi 1) IUX taqsimlash bazasi
- 2) Ustama xarajatlarni taqsimlashning yagona (umumzavod) va alohida (tsex) stavkalari
Materiallar: y = bx; b = (1500 : 300 = 5, 2500 : 500 = 5). Y = 5x. Mehnat: y = bx; b = (2250 : 300 = 7,5, 3750 : 500 = 7,5). Y = 7,5x. IUX: y = a + bx. b = ; a = y – bx = 1500 – 3*300 = 600. Y = 600 + 3x. Sotish xarajatlari: y = a + bx. b = ; a = y – bx = 1200 – 1*300 = 900. Y = 900 + 1x. Ma’muriy xarajatlar: y = a. Y = 5500. Boshqa operatsion xarajatlar: y = a. Y = 7000. 2.3. Ustama xarajatlar hisobi Ishlab chiqarish ustama xarajatlari (IUX) - bu ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin odatda tayyor mahsulotning aniq bir turiga bevosita tegishli deb bo‘lmaydigan xilma-xil sarflarning yig‘indisidir. Ishlab chiqarish ustama xarajatlari quyidagi sabablarga ko‘ra mahsulotga o‘tkaziladi; Mahsulot birligidagi to‘la xarajatlarni aniqlash. Agar narxning shakllanishi sarf-xarajatlarga asoslangan bo‘lsa, u holda ustama xarajatlarni hisobga olmaslik narx belgilashda xatolarga olib kelishi mumkin. Zahiralar tannarxini aniqlash. Moliyaviy hisobotlarning milliy standartiga muvofiq «zahiralar tannarxi zahiralarni sotib olish, qayta ishlash xarajatlarini hamda joriy holatiga va joyiga keltirish maqsadida qilingan barcha xarajatlarni o‘z ichiga olishi kerak» ishlab chiqarish ustama xarajatlari qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlarga qo‘shiladi va shu sababli zahiralarning tannarxiga kiritilishi lozim. Ustama xarajatlarni taqsimlash stavkasi 1) IUX taqsimlash bazasi Ustama xarajatlarni taqsimlash kompaniyada ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarga yoki kompaniya o‘z mijozlariga ko‘rsatadigan xizmatlar uchun umumiy bazani tanlash orqali amalga oshiriladi. Taqsimlash bazasi sifatida ishlab chiqarish bo‘linmalarining ustama xarajatlariga to‘laroq mos keladigan omil tanlanishi lozim. Bazaga ko‘pincha quyidagilar olinadi: Ishlab chiqarishda ishlagan ishchilarni ish vaqti Uskunalarni ishlagan vaqti Mehnat sarflari Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi IUXni taqsimlash Ustama sarflar = stavkasi Bazaning qiymati 2) Ustama xarajatlarni taqsimlashning yagona (umumzavod) va alohida (tsex) stavkalari IUXni taqsimlashning yagona stavkasidan umuman korxona uchun foydalaniladi. Masalan, ma’lum davrda ustama sarflar 100 000 sh.b.ni tashkil qilgan, 50 000 soat ish qilingan bo‘lsa, u holda ustama sarflarni taqsimlash stavkasi 100000 sh.b./ 50 000 mehnat soati = 2 sh.b. mehnat soatni tashkil qiladi. Ustama sarflar shu stavka bo‘yicha mahsulotga tegishlidir. Masalan, mahsulotni tayyorlash 18 soat asosiy mehnatni talab qiladi, bunda ustama xarajatlarning 36 sh.b. (18 soat x 2sh.b./mehnat-soat) mahsulotga tegishli bo‘ladi. Agar ishlab chiqarish bir necha bo‘linmada amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda IUXni taqsimlashning alohida stavkalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
bo‘linmasida 5 soat va V bo‘linmasida 3 soat asosiy mehnat talab qilindi. Bu holda ustama xarajatlarning 33 sh.b. miqdori mahsulotga o‘tkaziladi (10 soat x 0,4 sh.b./mehnat-soati + 5 soat x 4 sh.b./mehnat-soati + 3 soat. x 3 sh.b./mehnat-soati ) Download 195.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling