2.10-jadval
Ustama xarajatlarni taqsimlash bazalari
Ustama xarajatlar
|
Birinchi bosqichda taqsimlash bazasi (xarajat omili)
|
Amortizatsiya, mol-mulk solig‘i, asbob-uskunalarni sug‘urta qilish
|
Asbob-uskunalarning qiymati
|
Ijara, kommunal xizmatlar, bino sug‘urtasi
|
Maydon, bino hajmi
|
Ma’muriyat, oshxona
|
Xodimlar soni
|
Marketing bo‘limi
|
Sotish personalining soni
|
|
|
Ikkinchi bosqichda ustama xarajatlarni mahsulotlar turlari bo‘yicha taqsimlashda asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish soatlari (mehnatsoatlari) yoki asbob-uskunalar ish soatlari (mashina-soat) taqsimlash bazasi sifatida olinadi. Boshqa taqsimlash bazalari ham qo‘llanilishi mumkin: asosiy ishlab chiqarish ishchilari mehnati xarajatlari, material xarajatlar, tayyor mahsulotlar birligi miqdori va boshqalar.
Ustama xarajatlarni taqsimlash stavkasini aniqlash formulasi:
Ustama xarajatlarni taqsimlash stavkasi = Ustama xarajatlar/ taqsimlash bazasi (xarajat omili)
Bu formula tannarxni kalkulyatsiya qilishning ana’aviy va funksional tizimlarining xar qanday bosqichida qo‘llaniladi.
Misol uchun, 15000 birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2 soat ishlab chiqarish ishchilarining ish soatlari sarflash budjetlashtirilgan. Jami budjetlashtirilgan ustama xarajatlar $138.000 tashkil etadi. Ustama xarajatlarni taqsimlash stavkasi hisoblanadi:
___ Jami budjetlashtirilgan ustama xarajatlar _____
Jami budjetlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri ish soatlari
$138.000
30. 000
Ushbu taqsimlash bazalarini ishlab chiqarish ishchilarining budjetlashtirilgan ish haqi ($150,000) – $0,92, budjetlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi (15,000 birlik) – $ 9.20 har bir birligiga nisbatan hisoblash mumkin.
Ayrim hollarda taqsimlash bazasi sifatida ikkita o‘lchov birligi olinishi ham mumkin bo‘ladi. Uni quyidagi jadvaldagi misolda ko‘rib chiqamiz (2.11-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |