Tayyorladi: O’sarova Marg’iyona Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining barcha jarayonlarida iqtisodiy axborotlarga nisbatan haqqoniylik, o’z vaqtidalik, xolislik va aniqlik kabi talablar qo’yiladi. Hozirgi paytda olingan iqtisodiy axborotlar ichki va tashqi foydalanuvchilar talabini to’liq qondirishi hamda eng kam miqdorda mehnat va vaqt sarf qilgan holda shakllantrilishi lozim. - Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining barcha jarayonlarida iqtisodiy axborotlarga nisbatan haqqoniylik, o’z vaqtidalik, xolislik va aniqlik kabi talablar qo’yiladi. Hozirgi paytda olingan iqtisodiy axborotlar ichki va tashqi foydalanuvchilar talabini to’liq qondirishi hamda eng kam miqdorda mehnat va vaqt sarf qilgan holda shakllantrilishi lozim.
- Shuningdek, iqtisodiy axborotlar korxona faoliyatini byudjetlashtirish, istiqbolni belgilash, xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini to’g’ri tashkil etish bo’yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilishda zaruriy asos bo’lib xizmat qilishi kerak. Bu kabi masalalar respublikamizda "Boshqaruv hisobi" fanini shakllantirish va uni rivojlantirish yo’nalishlarini belgilashga asos bo’lib xizmat qiladi.
- Rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasidagi ish sohalarining - 90% ini boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishga sarflaydilar. Boshqaruv hisobi bilan yuqori malakali mutaxassislar shug’ullanishi talab etiladi.
Korxonalarda boshqaruv hisobini samarali yuritishga dastlabki va yig’ma hujjatlarning aylanish tezkorligi, qabul qilingan ichki hisobot shakllari, ularni tuzish davriyligi hamda taqdim qilish muddatlari, axborotlar tizimini takomillashtirishga mosligi ta’sir qiladi. - Korxonalarda boshqaruv hisobini samarali yuritishga dastlabki va yig’ma hujjatlarning aylanish tezkorligi, qabul qilingan ichki hisobot shakllari, ularni tuzish davriyligi hamda taqdim qilish muddatlari, axborotlar tizimini takomillashtirishga mosligi ta’sir qiladi.
- Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, hisobvaraqlar va ikki yoqlama yozuv, balans va hisobot kabi moliyaviy hisob usullarining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, unda iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-matematik va statistik usullar ham keng qo’llaniladi.
- Boshqaruv hisobi an’anaviy buxgalteriya hisobi, operativ-texnik va statistika hisobi hamda iqtisodiy tahlilning ko’pgina unsurlaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |