Xarajatlarni turkumlash va ularning hisobi reja
Download 81.78 Kb.
|
2-mavzu. Xarajatlarni turkumlash va ularning hisobi
Bo’linmalar darajasidaishlab chiqarishning bilvosita xarajatlarini taqsimlash usuli ancha mehnattalabdir, biroq, u oldingi usulga nisbatan mahsulotlar alohida turlari bo’yicha tannarxni to’liqroq aniqlash imkonini beradi. Bu usulda mazkur xarajatlar alohida subschyotlar ochish yo’li bilan bo’linmalar darajasida hisobga olinadi.
Korxonalarda hisobot davri yakunida mahsulotlar alohida turlari bo’yicha ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarining taqsimoti har bir subschyot uchun amalga oshiriladi. Bunda har bir subschyotga bo’linma texnologik jarayoni xususiyatini ifodalovchi o’z taqsimot bazasi mos keladi. Masalan, korxona avtomatlashtirilgan bo’linmasining ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari unda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari bo’yicha asbob-uskunalar ish soatlariga binoan, o’o’lda yig’ish tsexining ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari esa mehnatning bevosita xarajatlariga ko’ra taqsimlanadi. Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini hisobga olishda bu usulni qo’llab xatoliklarni batamom bartaraf etib bo’lmaydi, chunki birinchidan, umumkorxona ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari taqsimotida, ikkinchidan, alohida bo’linma ichidagi turli ishlab chiqarish tizimlari bo’yicha ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari taqsimotida xatolar bo’lishi mumkin. Korxona alohida bo’linmalari, tsexlarining texnologik jarayonlari mehnat, kapital va materialtalabligi darajalari bilan farq qiladi. Agar bo’linma faoliyati xarajatlari ichida ish haqining hissasi yuqori bo’lsa, shu bo’linma,tsex,brigadaning umumishlab chiqarish xarajatlarini mehnat resurslarini iste’mol qilish bilan bog’liq ko’rsatkichlarni asos qilib olinib, ular mahsulot turlari bo’yicha taqsimlanadi Ushbu jadvaldan kelib chiqib, bilvosita xarajatlar taqsimotining asosi sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin: (2.1-jadval). asosiy ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi xarajatlari; mehnatning me’yoriy bevosita xarajatlari; korxonadagi muayyan texnologik jarayonda qatnashuvchi xodimlar soni. 2.1-jadval Download 81.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling