Xarajatlarni turkumlash va ularning hisobi reja


Download 81.78 Kb.
bet7/10
Sana05.05.2023
Hajmi81.78 Kb.
#1429842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu. Xarajatlarni turkumlash va ularning hisobi

Funktsional boshqarish korxonani moliya, ta’minot, sotish, kadrlar, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlovlar, ish yuritish, tashqi iqtisodiy aloo’alar va hokazolar kabi alohida funktsiyalar bo’yicha boshqarishdir. Bu tizim korxona rahbari va alohida funktsiyalar menejerlarining faoliyatini ixtisoslashtirishga mo’ljallangan. Bunda menejerlarning o’z bo’linmalari faoliyatini chuqur va puxta bilishi, sodir bo’layotgan jarayonlarni istiqbolli tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi.
Funktsional boshqarish tizimining afzalligi korxonada boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirilishi bilan belgilanadi. Bu holat boshqaruv samaradorligini oshiriga xizmat qiladi.
Korxonalar faoliyatida boshqarishning chiziqli-funktsional tuzilmasidan keng foydalaniladi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo’linmalar mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha asosiy faoliyat bilan shug’ullanadi, ixtisoslashgan funktsional bo’linmalar esa (marketing bo’limi, reja-moliya bo’limlari, kadrlar bo’limi) asosiy bo’linmalarga xizmat qiladi. Bu holda boshqaruvning ixtisoslashuvi, uning tamoyillari birgalikda to’laroq amalga oshiriladi hamda tayyorlanadigan qarorlarning yuksak darajaliligi va har bir ishlab chiqarish bo’g’iniga yoppasiga rahbarlik qilish ta’minlanadi.
Matritsali tuzilmada funktsional bo’linmalar bilan birga muayyan ishlab chiqarish vazifalarini hal etish uchun maxsus organlar (loyiha guruhlari) tuziladi. Bu guruhlar boshqaruvning turli darajalaridagi alohida funktsional bo’linmalar mutaxassislaridan tarkib topadi.
Matritsali tuzilmaning afzalligi shundaki, u korxona ichki faoliyatidagi mavjud muammolarni bartaraf etish imkonini beradi, bu esa funktsional ixtisoslashish rivojiga xalal bermaydi. Funktsional-qiymat tahlili (FQT)ning vujudga kelishi ham bunga misol bo’lishi mumkin. Uning maqsadi eng kam xarajat qilgan holda eng yaxshi sifatli va zamonaviy, yangi buyumni ishlab chiqarishga erishishdir.
Boshqarishni tashkil etishning matritsali shakli rahbar va xodimlarning hamjihatlikdagi faoliyatini ta’minlaydi, ularning shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar yaratadi. Mazkur tashkiliy tuzilmaga muvofiq javobgarlik markazlarini tuzish (tsex, bo’lim, bo’linma) har bir bo’linma faoliyatini muayyan shaxslar mas’uliyati bilan bog’lashga, bo’linmalar moliyaviy natijalarini baholashga va ularning korxona faoliyati natijalariga o’o’shgan hissasini aniqlashga imkon beradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobining tashkil etishda ushbu markazlarning turlari mohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Korxonada bo’linmalar bo’yicha boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uchun ularni quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim:

  • vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko’ra;

  • markaz bajaradigan funktsiyalar bo’yicha.

Vakolatlar va javobgarlik hajmidan kelib chiqqan holda javobgarlik markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo’lish maqsadga muvofiqdir.

Download 81.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling