Xarakter va temperament xususityalarining xayotdagi axamiyati. Reja


Download 261.49 Kb.
bet15/20
Sana17.06.2023
Hajmi261.49 Kb.
#1521692
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Saydullo

Rasmiyatchi tip – bunday tipdagi odam nizolarga bormaydi, sust tarafni egallaydi. Xizmatda rasmiyatchi, atrofdagilarga ko‘plab rasmiy talablar qo‘yadi. Shu bilan birga, u bajonudil liderlikda boshqalarga yon beradi. Ba’zan u yaqinlarining ozodagarchiligiga katta talab qo‘yadi. Uning ijobiy qirralari: vijdoniylik, puxtalik, jiddiylik, ishdagi ishonchlilik, yoqimsiz va nizolarni keltirib chiqaradigan qirralari esa – rasmiyatchilik, mijg‘ovlik, hadeb noliyverish hisoblanadi.
7. Xavotirli  tip – bunday tipdagi odamlarga muloqotga kirishuvchanlikning past bo‘lishi, jur’atsizlik, qat’iyatsizlik, tushkun kayfiyat xosdir. Ular atrofdagilar bilan nizolikka bormaydilar, bunda sust o‘rinni egallaydilar, bunday vaziyatlarda tayanch izlaydilar. Ular quyidagi ijobiy qirralarga ega: samimiylik, o‘zini tanqid qilish, ishchanlik. O‘zining himoyasizligi oqibatida, shuningdek, ko‘p hollarda boshqalarning gunohiga javobgar, masxara bo‘lib qoladilar.
8. Emotiv tip – bunday odamlar yaxshi aloqalar o‘rnatilgan saralanganlar tor doirasidagi muloqotni afzal ko‘radilar. Sust tarafni egallagan holda nizolarga bormaydilar. Hafagarchiliklarini ichlariga yutadilar. Yoqimli qirralari: mehribonlik, hamdardlik, kuchli mas’uliyat hissi, ishchanlik. Yoqimsiz qirralari: o‘ta ta’sirchanlik, yig‘loqilik.
9. Namoyishkor tip – aksentuatsiyaning bu tipi aloqalarni oson o‘rnatishi, liderlikka intiluvchanlik, hukmronlik va maqtovlarga chanqoqligi bilan xarakterlanadi. Ushbu tipga mansub odamlar o‘ziga o‘ta ishonganligi va intilishlarining yuksakligi bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, muntazam ravishda nizolarni keltirib chiqaradilar, lekin o‘zlari faol himoyalanadilar. Ular sertakalluflik, ustalik, boshqalarni orqasidan ergashtirish, tafakkur va harakatlarning o‘ziga xosligi kabi ijobiy sifatlarga ega. Salbiy qirralari: xudbinlik, riyokorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslikdir.
10. O‘ta hayajonli tip–bunday odamlarga yuqori muloqotchanlik, sergaplik, oshiqlik xosdir. Ular ko‘p bahslashadilar. Lekin nizogacha olib bormaydilar. Nizoli vaziyatlarda ham faol, ham sust holatda bo‘ladilar. Shu bilan birga, bunday tipdagi odamlar do‘stlari va yaqinlariga e’tiborli va sadoqatli bo‘ladilar. Ular altruistlikka moyil, ularga hamdardlik hissi, yaxshi did xos bo‘lib, sezgilarning yorqinligi va samimiyligini namoyon qiladilar. Yoqimsiz qirralari: vahimachilik, vaqtinchalik kayfiyatga berilganlik kabilardir.
11. 
Download 261.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling