Xarakter va temperament xususityalarining xayotdagi axamiyati. Reja


Download 261.49 Kb.
bet13/20
Sana17.06.2023
Hajmi261.49 Kb.
#1521692
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Saydullo

dermatoglifikaning paydo bo‘lishiga turtki berdi. Tadqiqotlar jarayonida har bir odam kaft chiziqlarning shakllanishi miyaning rivojlanishi kabi ona qornidagi rivojlanishning 3-4 oyida sodir bo‘ladi, bu jarayonga ota-ona irsiy belgilari yoki homilaning xromosoma nuqsonlari bir xilda ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun barmoqlar chiziqlarini organizmning anatomik yoki fiziologik xususiyat sifatida o‘rganish lozim, dermatoglifika esa xarakterologiyaning asosiy yo‘nalishlari qatoridan joy olishi mumkin.
Xarakter tipologiyasining quyidagi asosiy turlarini aytib o‘tish mumkin: inson xarakteri xususiyatlarini insonning tashqi ko‘rinishi, tana tuzilishi, gabitus bilan bog‘lovchi konstitutsion nazariyalar (e. Krechmer, rostan, lombrozo, u. Sheldon va boshqalar); xarakter xususiyatlarini uning aksentuatsiyasi – psixikaning psixopatiya quyi chegarasi bo‘lib hisoblanadigan xarakterning alohida qirralari va ular yig‘indisining o‘ta ifodalanganligi bilan bog‘lovchi aksentual nazariyalar (k. Leongard, a.e. lichko va boshqalar); shaxsning etakchi yo‘nalganligi bo‘yicha nazariyalar (e. Shpranger, m.i. enikeev); shaxsning ijtimoiy muhitga moslashishning umumiy usuli bo‘yicha nazariyalar (m. Enikeev); insonning hayotga, jamiyatga, ma’naviy qadriyatlarga munosabati asosidagi xarakterlarning ijtimoiy tipologiyasi (e. Fromm); ekstraversiya-introversiya (k. Yung) bo‘yicha nazariyalar shular jumlasidandir.
«aksentuatsiya» tushunchasi psixologiyaga k. Leongard tomonidan kiritilgan edi. Xarakter aksentuatsiyasi – xarakter alohida xossalarining boshqalarga ziyon keltirish hisobiga ortiqcha rivojlanishi, buning natijasida atrofdagilar bilan o‘zaro aloqalar yomonlashadi. Leongardning fikriga ko‘ra, shaxs aksentuatsiyasi, avvalambor, boshqa odamlar bilan muloqotda namoyon bo‘ladi.  Shuning uchun, muloqot uslublarini baholashda aksentuatsiyaning ma’lum tiplarini ajratish mumkin. K. Leongard quyidagi tiplarni keltiradi:
1. Gipertim tip o‘ta muloqotchanligi, sergapligi, imo-ishoralar, mimika va pantomimikaning kuchli ifodalanganligi bilan xarakterlanadi. Bunday odamda suhbatning boshlang‘ich mavzusidan chetlashishi kuzatiladi. Xizmat va oiladagi vazifalariga etarlicha jiddiy e’tibor bermasligi vajidan atrofdagilar bilan tasodifiy nizolar sodir bo‘lib turadi. Bu tipdagi odamlar ko‘p hollarda nizolar tashabbuskori bo‘lib chiqadilar, lekin atrofdagilardan bu haqda tanbeh eshitsalar, hafa bo‘ladilar. Ushbu tip odamlarining ijobiy sifatlaridan chaqqonlik, faoliyatga chanqoqlik, ruhiy ko‘tarinkilik, tashabbuskorlik kabilarni keltirish mumkin. Shu bilan birga, ular ba’zi bir yoqimsiz qirralar: engil tabiatlilik, ahloqsiz harakatlarga moyillik, o‘ta ta’sirchanlik, xomxayollik, o‘z vazifalariga etarlicha jiddiy yondoshmaslik kabilarga ega. Ular qat’iy intizom, zerikarli faoliyat majburiy yolg‘izlik sharoitlariga qiyin moslashadilar.
2. 
Download 261.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling