Xarakter va temperament xususityalarining xayotdagi axamiyati. Reja


Download 261.49 Kb.
bet16/20
Sana17.06.2023
Hajmi261.49 Kb.
#1521692
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Saydullo

Ekstravert tip – bunday odamlar yuqori muloqotchanlik bilan ajralib turadilar, ularning do‘stlari, tanishlari ko‘p, ular sergap, istalgan ma’lumotni qabul qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar bilan nizolarga boradilar, bunda, odatda, sust tarafda bo‘ladilar. Do‘stlar bilan muloqotda, ishda va oiladagi ko‘p holatlarda liderlikda boshqalarga yon bosadilar, bo‘ysunishni va chetda turishni afzal ko‘radilar. Boshqalarni tinglay olishga shaylik, iltimoslarni bajarish, ishchanlik kabi yoqimli qirralarga egadirlar. Yoqimsiz qirralari: ta’sirlarga beriluvchanlik, engil tabiatlilik, o‘ylamasdan harakat qilish, ko‘ngilochar qiziqishlarga, gap-so‘z va mish-mishlarni tarqatishda ishtirok etishga ishtiyoqmandlik.
12. Introvert tip – ular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan uzilganlik, falsafa so‘qishga moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday odamlarni yolg‘izlikni xush ko‘radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy hayotlariga takallufsizlik bilan aralashish holatlaridagina nizolarga borishlari mumkin. Ular ko‘pincha odamlarga nisbatan kuchsiz bog‘langan emotsional sovuqqon odamlardir. Vazminlik, qat’iy e’tiqodlilik kabi ijobiy qirralarga egadirlar. Salbiy qirralari ham mavjud – qaysarlik, tafakkur rigidligi, o‘z g‘oyalarini qat’iy ravishda himoya qilish hisoblanadi.
Keyinchalik a.e. lichko o‘smirlar aksentuatsiyalarini ta’riflash asosida xarakterlar tasnifini taklif etdi.
M.i. enikeev shaxs muhitga moslashishining umumiy usuli asosida xarakterning quyidagi tiplarini keltiradi:
1. Uyg‘unlashgan yaxlit tip – munosabatlarning barqarorligi va, shu bilan birga, atrof-muhitga yuqori moslashganlik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamda ichki nizolar bo‘lmaydi, uning tilaklari bajarayotgan ishi bilan mos tushadi. Bu muloqotchan, irodali, e’tiqodli odam.
2. Ichki nizoli, lekin tashqaridan muhit bilan uyg‘unlashgan tip – ichki intilishlar va, muhit talablariga mos ravishda katta zo‘riqish bilan amalga oshiriladigan, tashqi hulq-atvor o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odam ixtiyorsiz harakatlarga moyil, lekin ular doimo iroda kuchi tomonidan tutib qolinadi. Munosabatlari tizimi barqaror, lekin kommunikativ xossalari etarlicha rivojlanmagan. Bu har kungi kurashdan voz kechgan oqil kuzatuvchi tipidir.
3
Download 261.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling