Xasanova mohininurning
Tammning sirt holatlari nazariyasi
Download 1.3 Mb.
|
1 2
Bog'liqYarimo‘tkazgichlar sirtidagi holatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Shokli turidagi sirt sathlari
1.Tammning sirt holatlari nazariyasi
1932-yilda I.E. Tamm cheksiz va chekli kristallda elektronlarning energetik spektri muhim darajada turlicha bo‘lishligini ko'rsatgan. Cheksiz kristalldagi elektronlarning ruxsat etilgan energiyalari soha- laridan boshqa chekli kristallda lining uzilishi natijasida elektronlar uchun yangi energetik holatlar paydo boMadi. Bu holatlarga mos keladigan to‘lqin funksiyalari kristall chegarasida eng katta (maksimal) bo‘lib, kristallning ichiga va vakuum tomonga o‘tgan sari so‘nib boradi. Agar kristall chegaralangan va chetki elementar yacheykadagi potensial to‘siq kristall ichidagisidan farqli bo‘lsa, cheksiz kristall ichida taqiqlangan holatlar o'rniga chekli kristallar sirtida ruxsat etilgan energetik holatlar vujudga kelishi mumkin. Ma’lumki, har qanday kvant tizimning energetik spektrini hosil qilish uchun Shredinger tenglamasini yechish kerak. Buning uchun to‘lqin funksiya tanlashdan tashqari kristall ichidagi potensial o‘zgarishini bilish kifoya (l.1-rasm). E.I. Tamm o‘zlning birinchi hisobida bir o‘lchovli masaMni yechishda Kronig-Pennining kuchsiz bog‘langan elektronlar modelini qabul qilgan. Bunda eng chetki potensialning ichki to‘siqlardan farqi bo‘lgan. Shu tarzda Tamm sathlar energiyasini aniqlash uchun tenglama yaratdi. Sirt elektron holatlar nazariyasining keyingi rivojida nazariya uch o‘Jchovli fazo holini umumlashtirishi, tadqiqlashi, shuningdek, kristail ichidagi davriy potensialning turli ko‘rinish hollari qarab chiqildi. Chekli muntazam kristail sirtida kristail atomlarinmg davriy joylashishi kesilganligi oqibatida uzuq-uzuq elektron energiyalari holatlari spektri vujudga keladi. Bu holatlar Tatnm holatlari (sathlari) deyiladi. Tamm holatlari zichligi (konsentratsiyasi) sirtdagi atomlar zichligi yordamida aniqlanadi, ya’ni bu zichlik ~1015 sirr2 tartibda bo‘ladi. Bunday zichlik mavjud bo‘lganida sirtdagi energetik sohalar paydo bo‘ladi (1.2-rasm). 2. Shokli turidagi sirt sathlari Shokli turidagi sirt sathlari ham, Tamm sathlari kabi, sirtda davriy potensialning chegaralanishi oqibatida vujudga keladi. Ammo Tamm va Shokli sirt sathiarining kelib chiqishi sabablari turlichadir. Shokli modelida 8 atomdan iborat bir o‘lchamli chekli zanjir qaralgan. Davriy potensial har bir atomga nisbatan simmetrik bo‘lgan ixtiyoriy potensial chuqurlar ko‘rinishida tasawur qilingan (1.3-rasm). Eng muhimi, potensial o‘ra buzilmagan, uning shakli ichki chuqurlarnikidan farq qilmaydi. Shokli bunday zanjircha uchun elektronlar energiyalari spektrini topgan va bu spektrning panjara doimiysi cheksizidan to kichik kattalikkacha kichrayganida qanday o‘zgarishini o‘rgangan. Zanjirchadagi atomlar orasidagi masofa katta bo‘lganda tizimning energetik spektri ayrim atomlar -uchun diskret (uzuq-uzuq) sathlar ko‘rinishida boMadi va har bir sath sakkiz karra aynigan bo‘ladi. 1.3-rasm. 1.4-rasra. Panjara doimiysi kamaya borgan sari ayrim sathlarga parchalanadi, bun da dx dan kichik boigan atomlararo masofalarda sathlar kesishadi. Bu holda kristailning taqiqlangan sohasida ikkita sath paydo bo‘ladi, ulardan biri pastki ruxsatiangan sohada, ikkinchisi yuqorigi sohada hosii boiadi (1.4-rasm). adabiyotlar 1. Zaynobiddinov S., Teshaboev A. “YArimo‘tkazgichlar fizikasi”. T. “O‘qituvchi”, 1999. 2. Teshaboev A., Zaynobiddinov S., Ermatov SH. “Qattiq jism fizikasi”. T.”Moliya”, 2001. 3. YUnusov M.S., Vlasov S.I., Nazirov D.E. “Elektron asboblar”. T. O‘zMU.2003. 4. Mamatkarimov O.O., Vlasov S.I., Nazirov D.E. “YArimo‘tkazgich materiallar va asboblar fizikasi praktikumi”. T.O‘zMU.2007. 5. Власов С.И. “Физика полупроводниковых приборов”. Т.НУУз. 2006. 6. Фистуль В.И. “ВВедение физику полупроводников”. М.”Высшая школа”. 1984. 7. Vlasov S.I., Valiyev U.K., Tursunmetov K.A. “Yarimo’tkazgichli asboblar fizikasi”. Т.ЎзМУ. 2009. 8. Vlasov S.I., Mamatkarimov O.O. “Tranzistorlar”.Т.ЎзМУ. 2004. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling