Xasanova Shaxloning "Qushlarning ko’payishi va kelib chiqishi"


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana07.11.2021
Hajmi412.36 Kb.
#171568
1   2
Bog'liq
biologiya

Darsning metodi: 

Kichik guruhlarda ishlash, savol – javob, suhbat. 

 

 

Darsning jihozi: 

Qushlar  tuxumini  tuzilishi  modeli,  qushlarning  uyalari,  tuxumlari  rasmi 

tushirilgan jadvallar, qush tuxumi.А.К.Т.mavzuga oid o’quv filmi va slayd. 

 

 


 

 

Darsni borishi: 



I.Tashkiliy qism: 

salomlashish; davomatni aniqlash;  

 

II.O’tgan mavzu bo’yicha takrorlash. 

O’quvchilarni 3 guruhga bo’lib, uyga vazifa so’raladi. 

 

 

                            Guruhlar 

 

 

№ 

1-guruh 

2–guruh 

3-guruh 



Qushlar qanday nafas 

oladi? 

 

Qushlarning qon 

aylanishi sistemasi 

qandaytuzilgan? 

Qushlar bosh miyasi 

qanday tuzilgan? 



Qushlarning hazm 

qilish sistemasi qanday 

tuzilgan? 

 

Qushlar hayoti davomida 

qanday reflekslar hosil 

bo’ladi? 

Qushlarning qaysi sezgi 

organlari rivojlangan? 



Qushlarning qaysi 

muskullari kuchli 

rivojlangan? 

 

Qushlarning qanotlar 

skeleti qanday 

suyaklardan iborat? 

Qushlarning qaysi 

suyaklari ko’krak 

qafasini  hosil qiladi? 



Dumg’aza bezlari 

qanday vazifani 

bajaradi? 

Qushlar gavdasi qanday 

tuzilgan? 

Qushlarning momiq 

patlari va parlari 

qanday vazifani 

bajaradi? 

 

III.Yangi mavzu bayoni: 

 

Ko’payish  davri.Qishki  sovuq  kunlar  o’tib,  havo  isiy  boshlashi  bilan 

qushlar  ko’payishiga  tayyorgalik  ko’ra  boshlaydi.  Ayrim  qushlar    erta 

bahorda,  boshqalari  esa  bahorning  o’rtalarida  ko’payishi  davri  tuxumdan 

chiqadigan jo’jalar uchun oziqning mo’l – ko’l bo’lishiga bog’liq.  

Juft hosil qilishi. Ko’pchilik qushlarning erkagi va urg’ochisi ko’payish 

davrida  juft  hosil  qiladi.  Maydaroq  qushlar,  masalan,  ko’pchilik 

chumchuqsimonlar va musichalarning jufti faqat bir mavsum, yirtqichlar va 

boshqa  yirik  qushlar  (laylaklar,  qarqaralar)  jufti  uzoq  yillar  davomida 


 

 

saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak va bir necha urg’ochilardan 



iborat  gala  hosil  qiladi.  Ayrim  tovuqsimonlar  (qurlar,  karqurlar) 

vaqtinchalik juft hosil qiladi.Qushlar jufti saralanib tanlanadi.Erkak qushlar 

juftlanish  oldidan  sayraydi  yoki  raqsga  tushayotgandek  harakatlar  qilib, 

urg’ochisini taklif etadi.  Karqurlar va qurlarning xo’rozlari ochiq maydonda 

o’zaro  bahs  qilish  uchun  to’planishadi.  Ular  qanotlari  va  dumini  yoyib, 

o’zini ko’rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o’rtasida qisqa muddatli 

jang ham bo’lib o’tadi. 

Uya  qurishi.Ko’pchilik  qushlar  tuxum  qo’yish  uchun  uya  quradi. 

Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go’ngqarg’alar novda va butoqlardan 

oddiy  kosasimon  uya  quradi.  Qizilishton  va  chittak  kabi  o’rmon  qushlari 

daraxtlarning  kovagiga,  o’rdak  va  turnalar  yerga  uya  quradi.  Qishloq 

qaldirg’ochlari  uylarning  bo’g’oti  ostidagi  yog’och  to’sinlar  ustiga  yoki 

devorga  yumaloqlangan  loyni  so’lagi  bilan  yopishtirib  uya  quradi.Ayrim 

qushlar,  masalan,  kakku,  kayra  uya  qurmaydi.Kakku  tuxumini  boshqa 

qushlarning uyasiga tashlab ketadi.Kayra yalong’och qoyaga tuxum qo’yib, 

uni bosib yotadi. 

Tuxumning 

tuzilishi.Qushlarning 

tuxumi 

yirik 

bo’ladi.Tuxum 

markazida suyuq sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o’rab turadi.Sariqlik ikki 

tomondagi  kanopcha  yordamida  tuxum  po’chog’iga  osilib  turadi.Murtak 

sariqlik  sirtida  joylashgan.  Qush  tuxum  bosib  yotganida  tuxumlari  br 

me’yorda isishi uchun  ularni  oyog’I  bilan  dam  –  badam   aylantirib turadi. 

Tuxum  aylanganida  sariqlik  ham  aylanganidan,  murtak  doimo  sariqlik 

ustida, ya’ni qush tanasi yaqinida turadi. 

Jo’ja  ochadigan  va  jish  bola  ochadigan  qushlar.  Qirg’ovul,  bedana, 

o’rdak,  g’oz  va  tovuqlarning  tuxumidan  chiqqan  jo’jalarning  tanasi  par 

bilan qoplangan va ko’zi ochiq bo’ladi; jo’jalar ko’p o’tmay onasi orqasidan 

yugirib ketadi. Ular jo’ja ochadigan qushlar deyiladi. 

Kaptar, qaldirg’och, chumchuq, qarg’a, laylak hamda barcha yirtqich 

qushlarning  tuxumidan  chiqqan  jo’jalarning  ko’zi  yumuq,  quloq  teshigi 


 

 

yopiq; yalang’och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan bo’ladi.Ularni 



ota – ona qushlar boqadi.Bunday qushlar jish ochadigan qushlar deyiladi. 

Nasliga  g’amxo’rlik  qilish.  Qushlarning  nasliga  g’amxo’rlik  qilishi 

tuxum  bosish,  jo’jalarni  boqish,  isitish  va  ularni  himoya  qilishdan  iborat. 

Ona  qushlar  biron  xavf  tug’ilganida  dushmaniga  tashlanib,  jo’jalarni 

himoya  qiladi.Birgalikda  uya  quradigan  qushlar,  masalan,  chug’urchuqlar 

dushmanini  sezganida  ovozining  boricha  shovqin  solib,  boshqa  qushlarni 

yordamga  chaqiradi.Jo’ja  ochadigan  qushlarning  urg’ochisi  xavf 

tug’ilganida  tovush  bilan  jo’jalarni  ogohlantiradi;  jo’jalar  darhol  berkinib 

oladi.Ona  qush  esa  dushmanga  tashlanadi.Yo’rg’a  tuvaloqning  urg’ochisi 

yirtqich  hayvonning  e’tiborini  o’ziga  tortish  va  jo’jalardan  uni  nariroqga 

olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib  qanotlarini 

sudraganicha  yirtqichning  oldiga  tushib  yugura  boshlaydi.  Qushlar  oziq 

bo’ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo’jalarni chaqirib oladi. 

Qushlarning  kelib  chiqish.Qushlar  qadimgi  sudralib  yuruvchilardan 

kelib chiqqan. Eng qadimgi qush – arxeopteriksning toshga aylangan suyak 

va  patlari  topilgan.  Jag’lari  ,  tishlari  va  20  ta  umurtqadan  iborat  uzun 

dumining bo’lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilariga; tanasining pat 

bilan  qoplanganligi,  oldingi  oyoqlarining  qanotga  aylanganligi  bilan  esa 

qushlarga o’xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, 

qolgan  uchtasi  oldinga  qaragan  bo’lishi  uning  daraxtda  yashaganligini 

ko’rsatadi.Lekin 

arxeopteriks 

hozirgi 

qushlarning 

ajdodi 

bo’lolmaydi.Ularning 

ajdodi 

protoavis 

hisoblanadi.Protoavis 

arxeopteriksdan  bir  necha  million  yil  oldin  yashagan.Uning  hozirgi 

qushlarga o’xshash toj suyagi rivojlangan. 

 

IV. Mustahkamlash:  

 

                            Guruhlar 

 

 

№ 

1-guruh 

2–guruh 

3-guruh 



Qushlarning ko’payish 

davri ko’proq nimaga 

bog’liq? 

Qushlarning uyasi 

qanday shakllarda 

bo’ladi? 

Jish bola ochadigan 

qushlar uchun xos 

xususiyatlar nimadan 


 

 

 



iborat? 



Qaysi qushlar doimiy 

juft hosil qiladi? 

 

Qushlar tuxumi qanday 

tuzilgan? 

Qushlar nasliga qanday 

g’amxo’rlik qiladi? 



Qyasi qushlarning jufti 

doimiy bo’lmaydi? 

 

Jo’ja ochadigan qushlar 

uchun xos bo’lgan 

belgilar nimadan iborat? 

Hozirgi qushlarning 

ajdodi qanday 

nomlanadi? 

V. O’quvchilarni baholash: 

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. 

VI. Uyga vazifa berish: 

44  –  mavzuni  o’qib  o’rganish,  87  –  88  rasmni  chizish.  Quyidagi  jadvalni 

to’ldirish: 

Doimiy juft hosil 

qiladigan qushlar 

Vaqtinchalik juft 

hosil qiladigan 

qushlar 

Jo’ja ochadigan 

qushlar 

Jish ochadigan 

qushlar 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling