Xasanova Shaxloning "Qushlarning ko’payishi va kelib chiqishi"
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqbiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni borishi
- Guruhlar № 1-guruh 2–guruh
- Tuxumning tuzilishi.
- Jo’ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar.
- Nasliga g’amxo’rlik qilish.
- Qushlarning kelib chiqish.
- IV. Mustahkamlash: Guruhlar №
- V. O’quvchilarni baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish
Darsning metodi:
Kichik guruhlarda ishlash, savol – javob, suhbat. Darsning jihozi: Qushlar tuxumini tuzilishi modeli, qushlarning uyalari, tuxumlari rasmi tushirilgan jadvallar, qush tuxumi.А.К.Т.mavzuga oid o’quv filmi va slayd.
I.Tashkiliy qism: salomlashish; davomatni aniqlash; II.O’tgan mavzu bo’yicha takrorlash. O’quvchilarni 3 guruhga bo’lib, uyga vazifa so’raladi. Guruhlar № 1-guruh 2–guruh 3-guruh 1 Qushlar qanday nafas oladi? Qushlarning qon aylanishi sistemasi qandaytuzilgan? Qushlar bosh miyasi qanday tuzilgan? 2 Qushlarning hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan? Qushlar hayoti davomida qanday reflekslar hosil bo’ladi? Qushlarning qaysi sezgi organlari rivojlangan? 3 Qushlarning qaysi muskullari kuchli rivojlangan? Qushlarning qanotlar skeleti qanday suyaklardan iborat? Qushlarning qaysi suyaklari ko’krak qafasini hosil qiladi? 4 Dumg’aza bezlari qanday vazifani bajaradi? Qushlar gavdasi qanday tuzilgan? Qushlarning momiq patlari va parlari qanday vazifani bajaradi? III.Yangi mavzu bayoni: Ko’payish davri.Qishki sovuq kunlar o’tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko’payishiga tayyorgalik ko’ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o’rtalarida ko’payishi davri tuxumdan chiqadigan jo’jalar uchun oziqning mo’l – ko’l bo’lishiga bog’liq. Juft hosil qilishi. Ko’pchilik qushlarning erkagi va urg’ochisi ko’payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko’pchilik chumchuqsimonlar va musichalarning jufti faqat bir mavsum, yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida
iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi.Qushlar jufti saralanib tanlanadi.Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg’ochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlarning xo’rozlari ochiq maydonda o’zaro bahs qilish uchun to’planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib, o’zini ko’rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o’rtasida qisqa muddatli jang ham bo’lib o’tadi. Uya qurishi.Ko’pchilik qushlar tuxum qo’yish uchun uya quradi. Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go’ngqarg’alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o’rmon qushlari daraxtlarning kovagiga, o’rdak va turnalar yerga uya quradi. Qishloq qaldirg’ochlari uylarning bo’g’oti ostidagi yog’och to’sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so’lagi bilan yopishtirib uya quradi.Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi.Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi.Kayra yalong’och qoyaga tuxum qo’yib, uni bosib yotadi. Tuxumning tuzilishi.Qushlarning tuxumi yirik bo’ladi.Tuxum markazida suyuq sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o’rab turadi.Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum po’chog’iga osilib turadi.Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlari br me’yorda isishi uchun ularni oyog’I bilan dam – badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya’ni qush tanasi yaqinida turadi. Jo’ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. Qirg’ovul, bedana, o’rdak, g’oz va tovuqlarning tuxumidan chiqqan jo’jalarning tanasi par bilan qoplangan va ko’zi ochiq bo’ladi; jo’jalar ko’p o’tmay onasi orqasidan yugirib ketadi. Ular jo’ja ochadigan qushlar deyiladi. Kaptar, qaldirg’och, chumchuq, qarg’a, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumidan chiqqan jo’jalarning ko’zi yumuq, quloq teshigi
ota – ona qushlar boqadi.Bunday qushlar jish ochadigan qushlar deyiladi. Nasliga g’amxo’rlik qilish. Qushlarning nasliga g’amxo’rlik qilishi tuxum bosish, jo’jalarni boqish, isitish va ularni himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug’ilganida dushmaniga tashlanib, jo’jalarni himoya qiladi.Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug’urchuqlar dushmanini sezganida ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi.Jo’ja ochadigan qushlarning urg’ochisi xavf tug’ilganida tovush bilan jo’jalarni ogohlantiradi; jo’jalar darhol berkinib oladi.Ona qush esa dushmanga tashlanadi.Yo’rg’a tuvaloqning urg’ochisi yirtqich hayvonning e’tiborini o’ziga tortish va jo’jalardan uni nariroqga olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq bo’ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo’jalarni chaqirib oladi. Qushlarning kelib chiqish.Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Eng qadimgi qush – arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan. Jag’lari , tishlari va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bo’lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilariga; tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o’xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi oldinga qaragan bo’lishi uning daraxtda yashaganligini ko’rsatadi.Lekin arxeopteriks hozirgi qushlarning ajdodi bo’lolmaydi.Ularning ajdodi protoavis hisoblanadi.Protoavis arxeopteriksdan bir necha million yil oldin yashagan.Uning hozirgi qushlarga o’xshash toj suyagi rivojlangan. IV. Mustahkamlash: Guruhlar № 1-guruh 2–guruh 3-guruh 1 Qushlarning ko’payish davri ko’proq nimaga bog’liq? Qushlarning uyasi qanday shakllarda bo’ladi? Jish bola ochadigan qushlar uchun xos xususiyatlar nimadan
iborat? 2 Qaysi qushlar doimiy juft hosil qiladi? Qushlar tuxumi qanday tuzilgan? Qushlar nasliga qanday g’amxo’rlik qiladi? 3 Qyasi qushlarning jufti doimiy bo’lmaydi? Jo’ja ochadigan qushlar uchun xos bo’lgan belgilar nimadan iborat? Hozirgi qushlarning ajdodi qanday nomlanadi? V. O’quvchilarni baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish: 44 – mavzuni o’qib o’rganish, 87 – 88 rasmni chizish. Quyidagi jadvalni to’ldirish: Doimiy juft hosil qiladigan qushlar Vaqtinchalik juft hosil qiladigan qushlar Jo’ja ochadigan qushlar Jish ochadigan qushlar Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling