Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Download 1.89 Mb.
bet26/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

Rahbar boshqaruv


qarori










































1




2










































Qarama-


qarshilik Ijtimoiy psixologik kelishuv


Realizatsiya faktorlari


Bajaruvchilar


O‘zaro


ta’sir

4.5.-rasm. BQ ning bajaruvchiga ta’siri natijalari

Rasmda ko‘rsatilgan uzluksiz chiziqlar BQni amalga oshirish chog‘idagi o‘zaro hamjihatlik munosabatlarini ifodalaydi, nuqtali chiziq esa qarama qarshiliklarni aks ettiradi. Ijtimoiy psixologik mutanosiblik BQning matnida o‘z ifodasini topishi yoki qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq vaziyatlarning shakllanishi jarayonida namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday kelishuvlarga BQni amalga oshirish chog‘ida boshqaruvning ijtimoiy psixologik usullarini qo‘llash orqali erishiladi.



68


Ko‘rib chiqilayotgan usullar inson va muayyan jamoaning ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga asoslangan. Eslatib o‘tamiz,bu yerda inson ehtiyojlari deganda, uning tartib intizomga, barqarorlikka, axborot olishga, xavfsizlikka, boshqaruvga, ijodiy mehnatga, ishonchga, muhabbatga, oilaga, bilim olishga,muloqot qilishga, o‘z fikrini ifoda etish va o‘zini namoyon qilishga bo‘lgan ehtiyojlarida nazarda tutilmoqda. Jamoaning ijtimoiy ehtiyojlariga esa tashkil etish va boshqarish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, xavfsizlik va qo‘shimcha mahsulot kiradi.

Xo‘jalik faoliyatining tez sur’atlarda taraqqiy etib borishi jamoaga va uning ish qobiliyatiga, insonning ruhiy (psixologik)jihatdan barqarorligi, muloqotga kirishuvchanligi, tezkor ravishda o‘ziga xos tarzda fikr yuritishi bilan bog‘liq yuqori talablarni qo‘ymoqda. Bu esa o‘z navbatida rahbarning boshqaruv faoliyatida mavjud ijtimoiy-psixologik usullarning ahamiyatini yanada yuksaltiradi.




Ijtimoiy usullar. BQ ni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan ijtimoiy usullar sirasiga ijtimoiy-ommaviy jarayonlarni, guruhlap ichidagi hodisa va jarayonlarni, shuningdek individual-shaxsiy axloqiy me’yorlarni boshqarish usullari kiradi.

Ijtimoiy-ommaviy jarayonlarni boshqarish usullari BQni bajaruvchi katta jamoalarni, misol uchun, harbiy bo‘linmalar, ishlab chiqarish korxonalari va jamoat tashkilotlarini, tartibsiz ravishda sodir bo‘ladigan namoyishlar (mitinglar)ni va hatto bir butun davlatlarni boshqarishda zarur bo‘ladi. Tizimlar nazariyasi va tashkiliy qonuniyatlar bu usullarning asosini tashkil etadi. Ular sirasiga sinergiya (o‘zaro harakatlarning kuchaytirilishi) qonuni, o‘z-o‘zini asrash, mutanosiblik va hamohanglik, taraqqiyot qonunlari kiradi.


Guruhlar ichidagi usullarga ijtimoiy ishlab chiqarish faolligini oshirish usullari, kommunikatsiya(muloqot) usullari, ma’naviy-ruhiy rag‘bat berish usullari kiradi.


Individual-shaxsiy usullar esa ishontirish, shaxsiy namuna, ibrat ko‘rsatish, ixlos uyg‘otish kabi usullarni o‘z ichiga oladi.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling