Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Download 1.89 Mb.
bet1/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
XASHIMOVA N.A., BURANOVA M.A., SAIDOVA G.A.


BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH
O‘QUV QO‘LLANMA

Toshkent – 2020
УДК 65



  • 29

Xashimova N.A., Buranova M.A., Saidova G.A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish: O‘quv qo‘llanma; -Toshkent: 2020. 188 b.


Taqrizchilar: Nurimbetov R.I.– iqtisod fanlari doktori, professor. Usmanova R.M. - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent;
Ushbu o‘quv qo‘llanmada “Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish” fanining predmeti va vazifalari, boshqaruv tizimida qarorlarning mohiyati, mazmuni, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishning uslubiy asoslari, ularni ishlab chiqish va amalga oshirish shakllari, boshqaruv qarorlarining funksiyalari va xususiyatlari keng yoritilgan. Shuningdek boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishning xususiyatlari va ularning samaradorligi, rahbarlarning boshqaruv qarorlari buyicha nazorati, ularning sifati va eng maqbul qarorlarni aniqlashga ham alohida e’tibor berilgan.

O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy o‘quv yurtlarining 5234300-«Sanoat korxonalarida innovatsion loyihalar boshqaruvi», «Menejment» va «Iqtisodiyot» ta’lim yunalishi va mutaxassisliklari talabalariga “Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish” buyicha chuqur bilim va ko‘nikmalar olishga imkoniyat yaratadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar, katta ilmiy xodim va izlanuvchilar, boshqaruv sohasiga qiziquvchilar hamda oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.


Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-uslubiy kengashida o‘rganib chiqilgan va tasdiqlangan.



2


MUQADDIMA

Insoniyatning butun tarixi qarorlarning turli xilligi va ularning natijalari yig‘indisi bilan ifodalanadi. Ba’zi qarorlar butun bir xalqning taqdirini belgilagan va uzoq vaqt davomida boshqaruvning asosi bo‘lib kelgan.Boshqalari nisbatan kamroq ahamiyat kasb etgan, uchinchi turdagi qarorlarni esa inson o‘zi uchun shaxsan qabul qilgan. Hamma holatlarda ham qarorlarni ishlab chiqish va ularni tatbiq etish jarayonlari qandaydir bir umumiylikka ega bo‘lgan. Asta-sekin qarorlarni ishlab chiqish usullari, keyinroq esa texnologiyalari yuzaga keldi. Bu borada ayniqsa, harbiy soha vakillari yetakchilik qildilar, ular ishlab chiqqan harbiy tamoyillarning asosini strategik va taktik qarorlar tashkil etgan.


Qa]rorlarni ishlab chiqish bilan matematiklar ham shug‘ullandilar. Ular qarorlar ishlab chiqish hamda tanlashning matematik apparatini shu darajada takomillashtirdilarki, oqibatda o‘z ijodlari mahsulidan faqat o‘zlari foydalana oldilar.


Kompaniyalar rahbarlarining aksariyati esa qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoniga ichki hissiyot, sog‘lom fikr va shaxsiy tajribaga asoslangan boshqaruv san’ati, deb qaraydilar.


Mehnat taqsimoti va boshqaruv funksiyalarning ko‘plab kishilar faoliyatining alohida faoliyat soxasiga ajratilishi qarorlar differensiyasini belgilab berdi, ya’ni boshqaruv karorlari (BK) ajratib chikdi.Boshqaruv qarorlari ajralib chiqishining mohiyati darhol sezilmadi, yaxshi matematik apparat bilan texnik qarorlar ishlab chiqish usullarini ular uchun ishlatishga urinish harakatlari bo‘ldi, ko‘rsatkichlarni normal taqsimlash qonunlari, matematik dasturlar va optimallashtirish usullarini shular jumlasiga kiritish mumkin. Bu g‘oya qog‘ozda chiroyli chiqdi, lekin rahbarlar uchun ziddiyatli boshqaruv faoliyati amaliyotida bu usullardan unchalik naf bo‘lmadi. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish,tanlash va amalga oshirishning texnokratik yondashuvi tez orada o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Uning o‘rniga ijtimoiy yondashuv yuzaga kelib, u eng avvalo, modellashtirish murakkab bo‘lgan mavjudotga, ya’ni insonga yo‘naltirilgan. Shunga qaramay, psixologiya, sotsiologiya va boshqaruv sohalaridagi ishlanmalar boshqaruv qarorlarini ishlab chiqarishga xos yangi yondashuvlar yaratishga imkoniyat berdi. Bu yondashuvlar boshqaruv nazariyasi sohasidagi mutaxassislar, kompaniya rahbarlari tomonidan qo‘llanib kelinmoqda.


Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning ijtimoiy yondashuvi shunda namoyon bo‘ladiki,boshqaruv qarori, avvalambor,insonga, uning shaxsiga qaratilgan, uning huquqlari, talablari, manfaatlariga xizmat qilishi kerak, har qanday qaror insonning kelgusidagi faoliyatiga turtki berishi, insoniy qadriyatlarni hurmat qilishi va turli xatarlardan asrashi lozim.


O‘quv qo‘llanmada boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda ularning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi, noaniqliklar va iqtisodiy xatarlarni kamaytirish imkoniyatlariga katta ahamiyat berilgan. Qarorlarni qo‘llab-quvvatlashda zamonaviy axborot tizimlarining elementlari ko‘rib chiqilgan.


O‘quv qo‘llanmada kompaniya rahbarlarining amaliy tajribasiga tayanilgan va ilmiy yondashuvga asoslangan zamonaviy ma’lumotlar berishga harakat qilingan.


Bayon etilgan materiallar va keltirilgan ma’lumotlar 5234300-«Sanoat korxonalarida innovatsion loyihalar boshqaruvi», «Menejment» va «Iqtisodiyot» ta’lim yunalishi mutaxassisligi uchun “Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish” fani bo‘yicha davlat ta’lim standartiga kiritilgan barcha masalalarni o‘rganishda tizimli yondashuvni aks ettiradi.


4


I BOB.BOSHQARUV QARORLARINING MOHIYATI VA MAZMUNI



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling