Itoatkorlik (itoat etish) me’yorlari
-
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini (BTT) tuzar ekanlar, mutaxassislar kompaniya boshqaruvining yuqori bosqichida Bosh direktorga har xil turdagi vazifalarni bajaruvchi 6 kishidan ko‘p bo‘lmagan va bir turdagi vazifalarni bajaruvchi yoki har ikkala turdagi vazifalarni birga olib bora oladigan 12 kishidan iborat xodimlarni bo‘ysundirishlari kerak.
Shunday qarorlar guruhi borki, ular hech qanday cheklovlar yo‘q bo‘lgan sharoitda, resurslarning to‘kin-sochinligi sharoitida qabul qilinadi.
BQni qayd etish usuli yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin. Aksariyat tashkilotlarning reglamentiga ko‘ra, iqtisodiy va huquqiy ekspertizaga va kelgusida amalga oshirish uchun katta mas’uliyat talab etuvchi BQni yozma ravishda taqdim etishlari joiz. Og‘zaki BQ ham huquqiy kuchga ega. Mabodo qaror tufayli biror norozilik kelib chiqqan taqdirda, agarda og‘zaki qarorni rahbardan eshitgan, hech bo‘lmaganda ikkita odam topilsa, bu borada sudga shikoyat bilan murojaat etish mumkin.
Shunday qilib, rahbar tomonidan BQni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan an’anaviy yumushlar sirasiga quyidagilar kiradi: axborot bilan ishlash; bir xodim yoki jamoa bilan ishlash, boshqaruv tizimi bilan ishlash, boshqaruv yuzasidan maslahat xizmatlarini ko‘rsatish.
Ayni paytda barcha zamonaviy tashkilotlarda kompaniyaning barcha axborot resurslari ustidan umumiy boshqaruvni olib boruvchi bevosita bosh direktorga buysunuvchi axborot xizmati rahbari lavozimi joriy etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |