Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


-rasm. Boshqaruvga oid o‘zaro munosabatlar sxemasi


Download 1.89 Mb.
bet16/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

3.5-rasm. Boshqaruvga oid o‘zaro munosabatlar sxemasi

Mazkur texnologiyani amalga oshirishda rahbar va uning qo‘l ostidagi xodimlar orasida o‘zaro bog‘liqlik yuzaga kelishining sharti shuki, bunda o‘zaro munosabatga, hamjihatlikka asoslangan harakat ham rahbarning, ham xodimning manfaat va ehtiyojlarini qoplashi kerak. (rasmdagi 3 ta’sir varianti).


O‘zaro munosabatning boshqa hamma variantlari (1,2,4) xodimlar orasidagi o‘zaro ziddiyatlarga sabab bo‘ladi.


Inson ehtiyojlari – organizmning hayotiy faoliyati va rivojlanishi, shaxsning yashashi va shakllanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy, biologik va ijtimoiy unsurlar to‘plamidir.


Ushbu texnologiya uncha katta bo‘lmagan mintaqalarda joylashgan, faoliyati bilan mazkur hududdagi infratuzilmaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan yirik va o‘rtacha kattalikdagi tashkilotlarda samarali tatbiq qilinadi. Misol uchun, bitta katta tashkilot o‘ziga xizmat qiluvchi boshqa bir qator korxona va tashkilotlarga hayot beradigan to‘qimachilik sanoati rivojlangan shahar va qishloqlarda uni qo‘llash mumkin. Texnologiyani qo‘llashning qo‘shimcha shartlari quyidagilardan iborat:





  • qarorni qabul qilish yoki uni bir tizimga solish vaqti bilan natijaga erishish orasidagi katta fursat, oraliq;

51


•ishning asosan jamoaviy xarakter kasb etishi;



  • o‘sha ma’muriy mintaqada joylashgan aksariyat tashkilotlar orasida o‘zaro oilaviy, maishiy va ishlab chiqarish bilan bog‘liq mustahkam aloqalarning mavjudligi;

  • yetuk mutaxassislarni tanlab olish imkonining mavjudligi.

Ushbu texnologiyani qo‘llashda ishtirok etadigan xodimlar soni cheklanmaydi.Rahbar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy vazifa mehnat jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni tashkil qilish va amalga oshirish hisoblanadi, bunda ijobiy natijaga muvaffaq bo‘linadi Ushbu texnologiya doirasida rahbar:





  • har bir xodim uchun zaruriy manfaat va ehtiyojlar to‘plamini shakllantiradi;

•topshiriqni bajarish yuzasidan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishchilarni ehtiyojlar va manfaatlarning umumiyligiga ko‘ra guruhlarga ajratadi;





  • xodimlarning ehtiyojlari va manfaatlari bilan hisoblashadi;




  • xodimlarning korporativ ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olgan holda,topshiriqlarni taqsimlaydi;




  • shaxslararo va ish yuzasidan muloqotlarda yuz beradigan o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda, qarorlarni amalga oshirish jarayoniga tuzatishlar kiritadi.

Ushbu texnologiyada xodimlarni tanlash, ularning ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga ta’sir ko‘rsatish xodimlar faoliyatini faollashtirish asosidagi boshqaruv texnologiyasida bo‘lganidek, xodimlarning qarori bilan emas,bevosita rahbar orqali amalga oshiriladi.


Ushbu texnologiyani amalda tatbiq etish uchun quyidagi tashkiliy va funksional tayyorgarlikni amalga oshirish lozim:





  • aynan aniq bir maqsadni bajarishga qaratilgan boshqaruv tizimi elementlari

to‘plamini maxsus ravishda shakllantirish;





  • boshqaruv tizimining har bir elementi buyicha zarur (moddiy, texnologik, moliyaviy va boshqa) resurslar ro‘yxati va hajmini tuzish;




  • kadrlar bo‘limi doirasida sotsiologiya va psixologiya buyicha mutaxassis lavozimini tashkil etish. Bu mutaxassisning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

52

kundalik axborotni tahlil qilish, so‘rovlar o‘tkazish, ishlab chiqarish guruhlarini shakllantirish, qayta shakllantirish va boshqalar;



  • umumiy manfaat va ehtiyojlar asosida xodimlarni tanlash.




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling