Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Doimiy tekshiruvlar va ko‘rsatmalar yo‘li bilan boshqaruv texnologiyasi


Download 1.89 Mb.
bet17/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

Doimiy tekshiruvlar va ko‘rsatmalar yo‘li bilan boshqaruv texnologiyasi.Ushbu texnologiya xodimlar ustidan qattiq nazorat, keskin va jiddiy boshqaruv yuritishni maqsad kilib qo‘yib, uni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xodimlar orasidagi o‘zaro hamjihatlik munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi boshqa vositalar va usullardan ustunligiga asoslangan.Nazorat va jiddiy boshqaruv yuritish shuni tasdiqlaydiki, bunday vaziyatda inson o‘z fikrini ifoda etish, o‘zini namoyon qilish, tartib-intizom va barqarorlik borasidagi o‘z ehtiyojlarini mukammal ravishda amalga oshira oladi. Jiddiy boshqaruv yuritishning shafqatsizlikka hamda volyuntarizmga asoslangan boshqarish tizimi bilan hech qanday umumiy jihati, o‘xshashligi yo‘q.

Mazkur texnologiya rahbarning obro‘si va professional mahorati hech shubhasiz yuksak darajada e’tirof etiladigan, uncha katta bo‘lmagan tashkilotlarda, ayniqsa,zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini, so‘nggi rusumdagi uskuna-jihozlarni keng qo‘llovchi va odatda, shartnoma asosida maslahatchi-menejerlarni yollab ishlatuvchi ilmiy tashkilotlar, o‘quv muassasalari yoki korxonalarda samarali ravishda qo‘llaniladi.


Texnologiya boshqaruvning chiziqli tizimi va davriylikka asoslangan ko‘p bosqichli boshqaruv jarayonini o‘z ichiga oladi.


Mazkur texnologiya doirasida rahbar quyidagilarni amalga oshiradi:





  • har bir xodim uchun ishning mufassal rejasini shakllantiradi (ishlab chiqadi), rejada topshiriqni va uning muayyan bosqichlarini bajarish vositalari, usullari va muddatlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;




  • har bir xodimning topshiriqni bajarish jarayoni ustidan kundalik nazorat o‘rnatadi;




  • topshiriqni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga xalaqit berayotgan muammolarni aniqlaydi,







  • topshiriqning o‘z vaqtida bajarilishi uchun zarur yordam ko‘rsatadi;

53


  • xodimlarning kasbiy mahorati, ularning ruhiy-psixologik holati bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari, ish sur’atining muvofiq yoki nomuvofiqligi borasidagi qaydlar jamlangan ma’lumotlar bazasini yaratadi.

Mazkur texnologiyani tatbiq etish uchun quyidagi tashkiliy va funksional tayyorgarlikni amalga oshirish lozim:





  • aynan aniq bir maqsadni bajarishga qaratilgan maxsus boshqaruv tizimi elementlari to‘plamini shakllantirish;




  • boshqaruv tizimining har bir elementi bo‘yicha kerakli (moddiy, texnologik, moliyaviy va boshqa) resurslar ro‘yxati va hajmini tuzish;




  • har bir xodim yoki xodimlar guruhi uchun topshiriqlarni bajarishning to‘laqonli

rejasini tuzish, rejada topshiriqlar va ularning muhim bosqichlari hajmi va muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling