Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Xodimlar faoliyatini kuchaytirish asosida boshqaruv texnologiyasi
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
Xodimlar faoliyatini kuchaytirish asosida boshqaruv texnologiyasi. Bu texnologiya xodimga rag‘bat berishning, berilgan yoki tanlangan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishga xizmat qiluvchi boshqa vositalar va usullardan ustunligiga asoslangan.
Mazkur texnologiya ko‘pincha qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarida yaxshi samara beradi. Chunki bu turdagi korxona va tashkilotlarda mehnat unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, asosan ko‘tarinki kayfiyatga, ishchining (xodimning) salomatligi va ruhiy holatiga, shuningdek jamoadagi ijtimoiy-ruhiy muhitga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Mazkur texnologiyada xodimlar soni (shtati) chegaralanmaydi. Texnologiya, rag‘batlantirish har bir xodim yoki jamoa faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Xodimlar faoliyatini kuchaytirish ikki tushunchani birlashtiradi: rag‘batlantirish (ma’naviy va moddiy) hamda safarbarlik. Ma’naviy rag‘batlantirishga mas’uliyatli topshiriqlar berish, ishonch bildirish, tashakkurnoma bildirish, davlat mukofotlariga tavsiya qilish, xizmat lavozimini ko‘tarish yoki yuksak lavozimga tavsiya etish va h.k.lar kiradi. Moddiy rag‘batlantirishga esa pul yoki tovar shaklida mukofotlar berish, bilim va axborotlar shaklidagi va boshqa turli xizmatlar ko‘rsatish kabilar kiradi. Safarbarlik — xodimda vatanparvarlik g‘oyalariga yo‘g‘rilgan yuksak insoniy va ijtimoiy qadriyatlarni, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yish va ularga erishishga turtki beruvchi harakatlantiruvchi kuch (yangi kuch-g‘ayrat)ni shakllantirishdir.Safarbarlik usullariga shiorlar, chaqiriqlar, chorlovlar, buyruqlar, rahbarning yoki boshqa hamkasblarning shaxsiy namuna ko‘rsatishi, bajarilayotgan topshiriqning mohiyatini, muhimligini tushunib yetish va h.k.larni kiritish mumkin. 58 Mazkur texnologiyada ishchilarning ehtiyojlari va manfaatlari qondirilishiga ehtiyojlar va manfaatlarga asoslangan boshqaruv texnologiyasidagi kabi rahbarning emas, balki aynan ishchilarning o‘zi chiqaradigan qarorlar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Texnologiya xodimlar bilan ishlovchi mutaxassislarning yuksak darajadagi professional tayyorgarlikka ega bo‘lishini talab etadi. Xodimlar faoliyatini kuchaytirish borasida jahon tajribasida samarador mehnatga turtki beruvchi, xohish, istak, moyillik uyg‘otuvchi bir qator nazariyalar qo‘llaniladi. Ular sirasiga X nazariyasi, Y nazariyasi, kutish nazariyasi, adolat nazariyasi kabilar kiradi. Texnologiya chiziqli-funksional boshqaruv tizimini ko‘zda tutadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling