Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Favqulodda holatlardagi boshqaruv texnologiyasi
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
Favqulodda holatlardagi boshqaruv texnologiyasi. Mazkur texnologiya ishni bajaruvchilarning kasbiy mahorati yoki avval sinovdan o‘tgan va bajarish qulay bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyasining topshirilgan yoki tanlangan topshiriqlarning muvaffaqiyatli bajarilishida qo‘llaniladigan boshqa vositalar va usullardan ustunligiga asoslanadi.
Favqulodda holat– bajaruvchining topshiriqni mukammal tarzda va o‘z vaqtida bajarishiga to‘sqinlik qiladigan holatlarning barqaror to‘plami. Uni fors-major holatlar sirasiga kiritib bo‘lmaydi. Xodimlarning kasal bo‘lib qolishi yoki ishdan bo‘shatilishi, ishlab chiqarish binolarida elektr energiyasining o‘chib qolishi, brak mahsulotlar ishlab chiqarish holatlari favqulodda holatlarga misol bo‘la oladi. Odatda, favqulodda holatning intellektual darajasi mutaxassislar faoliyatining sohaga doir darajasidan ancha past. Misol uchun, tizim dasturchilari (programmistlar)bo‘limi faoliyatida turli xildagi to‘siqlar (ishga xalal beruvchi holatlar)ro‘y berib turadi: elektr energiyasining o‘chirilishi,qog‘oz ta’minotidagi uzilish, kartridjlar hamd aboshqalarning nosozligiva h.k. Agar bo‘lim rahbari, kasbiy malakasi, uning qo‘li ostida ishlovchi asosiy xodimlarga qaraganda biroz pastroq darajada bo‘lishiga qaramay, yuzaga kelgan to‘siqlarni ustomonlik va tezkorlik bilan bartaraf eta olsa, bo‘limning faoliyati muvaffaqiyatli davom etadi, 54
mabodo aksi bo‘lsa, keskin ziddiyatlar yuz berishi mumkin. Mazkur texnologiya qat’iy reglamentga asoslangan texnologiya bo‘yicha ishlaydigan uncha katta bo‘lmagan tashkilotlarda yoki boshqaruvning ishonchli funksional tizimi joriy etilgan tashkilotlarda samarali qo‘llaniladi. Qat’iy reglamentga asoslangan texnologiya boshqaruvga va ishlab chiqarishga doir barcha vazifalarning xodimlar orasida aniq taqsimlanishini, ta’minotchilar (mol yetkazib beruvchi) va iste’molchilar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikka, kelishuvga asoslangan munosabatlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Boshqaruvning ishonchli tizimi (tuzilmasi) bozor iqtisodiyoti sharoitida uchrab turadigan o‘ziga xos noyob hodisa - fenomen hisoblanadi.U,odatda, yangi tashkilot (MChJ, OAJ, YoAJ va boshqalar)yaratilishi jarayonida shakllanadi, bunda: tashkilotning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan bo‘limlarning rahbarlari hamda ishni bajaruvchilar o‘zaro do‘stlik rishtalari yoki oilaviy munosabatlar bilan bog‘langan bo‘ladilar; •faoliyatning asosiy turlarini professional ravishda bajara oladilar. Texnologiya boshqaruvning chiziqli patronaj tizimini ko‘zda tutadi (patronage fransuzchada homiylik ma’nosini bildiradi). Bu tizimda rahbar ma’muriy vazifalar bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonining barcha jabhalariga chiziqli ta’sir ko‘rsatadi, iqtisodiy, texnologik va boshqa vazifalar bo‘yicha esa qo‘l ostidagi xodimlari va hamkasblariga zarur hollarda ko‘mak beradi, rahnamolik qiladi. Bu vaziyatda rahbar jamoadagilar bilan bir xil maqomda bo‘ladi. O‘z navbatida topshiriqni bajarayotgan mas’ul xodim, ya’ni ijrochi o‘z zimmasidagi vazifalarning bir qismini o‘ziga bo‘ysunuvchi boshqa xodimga topshirishi hamda bevosita rahbar va maslahatchi maqomida turib unga ko‘maklashishi mumkin. Ushbu texnologiya doirasida rahbar: tashkilot bosh maqsadi, asosiy missiyasini va uning tarkibiy qismlarini shakllantiradi, maqsadlarning ro‘yobga chiqish muddatlarini bajaruvchilar bilan kelishib oladi; ish bajaruvchi xodimlariga tavsiya etilgan ishlab chiqarish texnologiyasiga qat’iy rioya qilishni topshiradi; 55
topshiriqni bajarish bo‘yicha kelishilgan shartlarga rioya qilinishini kuzatib boradi; Kutilmagan (favqulodda) maxsus holatlar ro‘y berganda, boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi yoki uni boshqa mas’ul shaxslarga (ichki yoki tashqi bajaruvchilarga) topshiradi; xodimlarning professional mahoratiga doir qaydlarni, kutilmagan (favqulodda) maxsus holatlar va ularni hal etish usullariga doir ma’lumotlardan iborat axborot bazasini yaratadi. Boshqaruv texnologiyasi ishlab chiqarish jarayonining ruhiyati va ishlab chiqarish texnologiyasiga oid har bir jihatga aniq rioya qilishni hamda barcha asosiy bo‘limlar rahbarlarining qarorlariga to‘liq ishonch bildirishni ko‘zda tutadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling