Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish


Reglamentga asoslangan texnologiya


Download 1.89 Mb.
bet14/79
Sana17.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1533067
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36

3.4. Reglamentga asoslangan texnologiya

Mazkur texnologiya maqsad va vazifalarni ularni bajarishda zarur bo‘ladigan vositalarni, kutilayotgan cheklovlarni, tavsiya etilayotgan usullar va ularni bajarishga ketadigan taxminiy vaqtni ko‘rsatgan holda topshirishga asoslanadi. Texnologiya maqsadga yaqinlashish jarayoni ustidan qattiq nazorat o‘rnatishni ko‘zda tutadi. Topshiriqni bajarish bilan bog‘liq professional mahorat topshiriq bergan rahbar va ishni bajaruvchi xodimning malakasi bilan aniqlanadi. Topshiriqni bajarish jarayonining ijobiy dinamikasini qattiq nazorat qilish ham nazarda tutiladi. Reglamentli texnologiya quyidagilarga olib kelishi mumkin:





  • maqsadni amalga oshirish jarayonining o‘zidan keladigan sezilarli ijobiy natijalarga erishish -3.4.rasmdagi 1-egri chiziq;

45


  • mo‘ljallangan muddat davomida arzirli ijobiy natijalarning yo‘qligi (bir joyda turib qolish) 2-egri chiziq.



-


3.4- rasm. Reglamentli texnologiyani amalga oshirish sxemasi

Reglamentli texnologiya rahbarning boshqaruvga doir tugal maqsadlarni va turli xil resurslarning (moddiy, moliyaviy, insoniy resurslar) cheklanishi bilan bog‘liq vaziyatlar yuzaga kelganda qo‘llaniladigan strategiyani ishlab chiqishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsadga albatta erishiladi, lekin maqsadga erishish muddatlarini oldindan aniqlab bo‘lmaydi. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish jarayoni ichki va tashqi jihatdan qattiq nazorat qilingandagina maqsadga erishish kafolatlanadi.


Ushbu texnologiyani qo‘llashning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:



  • Maqsadni amalga oshirishga u yoki bu darajada jalb etilgan 10000 dan kam

bo‘lmagan xodimlar shtati;





  • maqsadni yoki uning tarkibiy qismi sanalgan vazifalarni bajarish vaqti aniq belgilangan bo‘lishi kerak emas. (Bu o‘rinda maqsadga erishish jarayonining o‘zi

muhimroq);





  • moliyaviy, texnologik, xomashyo va boshqa resurslarning bashorat qilib

bo‘lmaydigan (kutilmagan) sezilarli darajadagi cheklovi ehtimoldan yiroq emas;





  • ishlanmalarning innovatsion va uzoq muddatli xarakteri;




  • maqsadga erishishning taxminiy muddati - bir yildan ortiq.

Ushbu texnologiya statistik usullarga, tarqoq ko‘plik nazariyasi, noaniq sharoitlarda qarorlarni ishlab chiqish nazariyasiga asoslanadi.


Dasturga hamda olingan natijalarga mualliflik rahbar va bajaruvchiga taalluqli hisoblanadi.



46


Boshqaruvning chiziqli funksional hamda istemolchiga mo‘ljallangan tizimlari

ko‘p tavsiya etiladigan tuzilmalar sirasiga kiradi.


3.1-jadvalda BQ ni ishlab chiqish texnologiyalari taqqoslanadi.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling