BESHIKTERVATARSIMONLAR LERMITLAR TO’G’RIQANOTLILAR TENGQANOTLILAR TRIPSLAR YOKI HOSHIYAQANOTLILAR YARIMQATQANOTLILAR TURKUMLARI
TO’G’RI QANOTLILAR (Orthoptera) hasharotlar sinfiga mansub turkum. Tanasi uzunchoq, 2 juft qanoti yaxshi rivojlangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Urgochisining tuxum qo’ygichi bor. Maxsus tovush chiqarish va eshitish organlari mavjud. To’g’ri qanotlilar turkumi 2 kenja turkum: uzun mo’ylovlilar (ediexidsimonlar, temirchaksimonlar, Chirildoqsimonlar, chirildoklar katta oilalari) va kalta mo’ylovlilar (treperstsimonlar, tetrigidsimonlar, timpanalsizlar, pufaklilar, chigirtkalar katta oilalari)ga ajratiladi. 200000 dan, O’zbekistonda 350 dan ko’proq turi ma’lum. Janub hududlardagi ochiq landshaftlarda keng tarqalgan. Chala o’zgarish orqali rivojlanadi. Yilda bitta nasl beradi. Odatda, tuxum davrida qishlaydi. Ko’pchilik turlari o’simlikxo’r, ba’zi turlari aralash yoki yirtqich oziklanadi. Ayrim turlari ko’p sonli gala hosil qilib, uzoq masofaga uchib o’tishi (ko’chishi) mumkin. Qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltiruvchi turlari bor (chigirtkalar, buzoqboshilar). Gala bo’lib ko’chib yuruvchi turlari (Osiyo chigirtkasi, Marokash chigirtkasi) ekinlar uchun ayniqsa katta xavf tug’diradi. Cho’l temirchagi O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.
Teng qanotlilar (Homoptera) -soʻruvchi hasharotlar turkumi. 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ogʻiz apparati soʻruvchi. Oʻsimlik shirasi bilan ozikdanadi. Koʻzlari, odatda, murakkab; kam harakatlanuvchi va oʻtroq yashovchi turlarida yaxshi rivojlanmagan yoki yoʻq. 2 juft tiniq toʻrsimon qanotlari bor; baʼzi turlarida oddingi juft qanotlari qalinlashgan. Oldingi qanotlari juda yaxshi rivojlangan, ayrim turlarida orqa qanotlar yoʻq boʻlib ketgan. Ichki urugʻlanadi. Talaygina Teng qanotlilarda partenogenez kuzatilgan. Teng qanotlilar sikadalar, oʻsimlik bitlari, koksidlar va boshqa kenja turkumlarga boʻlinadi. Ayrim turlari qishloq xoʻjaligi. ekmnlari va daraxtlarga ziyon yetkazadi; oʻsimliklarda virus kasalligi qoʻzgʻatuvchisini tarqatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |