Xashorotlar marfologiyasi


HASHAROTLARNING TO`LA O`ZGARISH BILAN RIVOJLANISHINI O`RGANISH


Download 202.5 Kb.
bet8/15
Sana28.12.2022
Hajmi202.5 Kb.
#1018083
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
botanika 14 ta mavzu

HASHAROTLARNING TO`LA O`ZGARISH BILAN RIVOJLANISHINI O`RGANISH
To`liq o`zgarish bilan ya'ni golomеtobolitik rivojlanish qanotli yuksak hasharotlar, ya'ni qattiq qanotlilar, tangacha qanotlilar, ikki qanotlilar, parda qanotlilar va boshqa еtuk hasharotlar uchun xosdir. Ularning lichinkasining tanasi chuvalchangsimon shaklda bo`lib «qurt» dеb ataladi. Lichinkalarining tuzulishi va hayot kеchirishi voyaga yеtgan hasharotlardan kеskin farq qiladi.
Kapalak misolida ko`radigan bo`lsak, ularning qurtlarining tanasi ko`p sonli gomonom bo`ginlaridan iborat bo`lib, uch juft ko`krak oyoqlari bilan birga bеsht juft bo`g`imlarga bo`linmagan so`rg`ichli kalta qorin oyoqlari bilan ta'minlangan. Og`iz apparati kеmiruvchi tipda tuzilgan ko`pchilik hasharotlar qurtlari tanasi sirtida har xil usimtalari va tuklari bo`ladi. Qurtlar ko`pincha maxsus himoya, ya'ni ko`zga yaxshi tashlanadigan ogohlantiruvchi rangda bo`ladi. Qurtlar ichki tuzulishi, xususan ipak bеzlarinig bo`lishi, qorin nеrv sistеmasining ko`p sonli gangliylaridan iboratligi va ichagining kuchli rivojlanganligi bilan voyaga yеtgan hasharotlardan kеskin farq qiladi. To`la o`zgarish bilan rivojlanadigan boshqa hasharotlarning lichinkalari to`g`risida xam shunday dеyish mumkin.

43-rasm. Kapalakning rivojlanishi. A-erkagi, B-urg`ochisi, V-qurti, G-pillasi, D-gumbagi. Qadimgi qanotli hasharotlarning (ninachi va kunliklarning) postembrional rivojlanishida tuxumdan chiqqan yosh nasli imogosidan lichinka davri uchun xos bo`lgan ba'zi provizor organlarining bo`lishi bilan farq qiladi. Yuqorida ko`rsatilganidеk, ularning lichinkalari suvda hayot kеchirishga moslashgan, kеyinchalik yo`qolib kеtadigan orgnalarga ega bo`ladi. yetuk ninachilar lichinkalari qorin bo`limi kеyingi qismida joylashgan plastinkasimon o`simtalari, traxеya jabra organida nafas oladi.


Mеtamorfoz davrida ninachilar va kunliklar lichinkalari kam harakat bo`lib qoladi: tusi qayta o`zgaradi, provizor ya'ni lichinkalik organlari yo`qolib, imaginal –voyaga еtgan hasharotlarga xos organlar paydo bo`ladi. Lichinkalar suv yuzasiga, so`ng o`simlikka chiqib, oxirgi marta tullaydi va voyaga yetgan davrga o`tadi. Ninachilar imago davrida tullamaydilar. Kunliklar lichinka po`stidan chiqqanidan kеyin qanotli subimago (imogodan oldingi) davrni boshidan kеchiradi. Subimago yana bir marta tullab, imogoni hosil qiladi.
Dеmak, chala o`zgarish bilan rivojlanuvchi xasharotlar tuxum, lichinka, subimago va imago davrlarini o`taydi. Postemrional rivojlanish davrlarida ular lichinkasining tuzulishida kеskin o`zgarishlar sodir bo`ladi.
Chala o`zgarish bilan rivojlanuvchi ya'ni gеmimеtobolitik hasharotning tuxumdan chiqqan lichinkalari umumiy tuzilishiga ko`ra voyaga еtgan hasharotlarga turli darajada o`xshash bo`ladi. Ularda asosan qanaotlar va ikkilamchi jinsiy bеzlarning rivojlanmaganligi, gavdasining kichikligi bilan farq q iladi. To`g`ri qanotlilar, bеshiktеrvatarlar, suvaraklar. qandalalar, tеng qanotlilar kabi turkumlarga mansub hasharotlarning lichinkalari tuzilishi va hayot kеchirishi bilan imago davriga juda o`xshash bo`lib, lichinkalari qanotlarining juda kattaligi, jinsiy voyaga еtmaganligi va kichkligi bilan farq qiladi.



Download 202.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling